bugungi kunda mobil internet sifati shahar infratuzilmasi rivojlanganining muhim ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga odatda provayderlar va iste’molchilar uni turlicha baholaydi. Iste’molchilar, signallar qayerda joylashgan bo‘lishidan qat’i nazar, sifatli bo‘lishi kerak, deb hisoblasa, provayderlar jismoniy to‘siqlarni sabab qilib ko‘rsatadi.

Bir tomondan, iste’molchilar haqiqatan ham sifatli aloqadan foydalanishga haqli, biroq fizika qonunilarini ham inobatga olish kerak. Bugun insonlar aksariyat vaqtlarini yirik va kichik binolarning xonalarida o‘tkazmoqda. Ko‘pgina qurilish materiallari har qanday signallarning tarqalishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu  bois, aloqa muammolarini boshidan o‘tkazgan odamlar  signal tutish maqsadida ko‘pincha deraza oldiga boradi va bu ham kutilgan  natijani bermaydi.  

Toshkent shahrida zamonaviy binolarni qurishda so‘nggi paytlarda  energiya tejovchi  oynalarni o‘rnatish keng tarqalmoqda. Bu uyali aloqa signalining o‘tishiga xuddi beton devor kabi to‘sqinlik qiladi. Buni bilish uchun balkon (boloxona ayvoni)ga chiqish yoki oddiygina qilib derazani ochish kifoya.  Xonaga toza havo bilan birga ko‘z ilg‘amas signallar ham kiradi.  

Signallarning  turli qurilish materiallari sababli to‘sib qo‘yilishi – anchadan buyon yechimi topilmayotgan  muammodir. Biroq muhandis va provayderlar buning imkonini topishdi. Masalan, Xitoy shaharlaridagi  metropolitenda ko‘pdan buyon to‘liq  avtonom uyali aloqa  tarmoqlari ishlaydi. Barcha uzatgichlar  bevosita  metro stansiyalarida o‘rnatilgan bo‘lib,  uning butun maydonini qoplab oladi. Ma’lum bo‘lishicha, xitoyliklar safar paytida  uyali aloqadan shunchalik ko‘p foydalanar ekanki, ba’zan ma’lumot uzatish tarmog‘i belgilangan me’yordan ham oshib ketadi.  

Internet tezligining pastligi nafaqat yer ostida, balki yer ustida ham muammoga aylanishi mumkin. Provayder bu borada  iqtisodiy foydani ko‘zlasa, bu muammoni osongina hal qilishi mumkin. Ya’ni  bino qoplamasidan o‘tmaydigan signalni ichkaridan uzatish kerak. G‘arb provayderlarining aksariyati shunday xulosaga kelishdi.  

Britaniyaning  Three mobil operatori tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, mijozlarning 80 foizi xonalarda joylashgan holda uyali aloqa va internet xizmatidan  foydalanadi.  Bu aloqa sifatiga sezilarli  ta’sir ko‘rsatadi va shu bois, operator Freshwave kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Neutral Host In-Building texnologiyasidan foydalanadi. Kompaniya yirik binolar va osmono‘par binolar ichida uyali aloqa tarmoqlarini quradi va o‘zi hamkorlik qilayotgan  uyali aloqa operatorlariga undan foydalanish imkonini beradi.  

Bu texnologiyalar mahalliy standartga aylangan hamda 4G va 5G tashqi tarmoqlarida yuklamalarni kamaytirish imkonini ham beradi.  

Toshkentda ham shunga o‘xshash texnologiya qo‘llanilmoqda. Poytaxtimizdagi ko‘plab  mehmonxonalarda  kamquvvatli, kichkina hajmdagi uyali aloqa  stansiyalari o‘rnatilgan. Ularning quvvati mehmonlarning uyali aloqaga bo‘lgan ehtiyojlarini  qondirish uchun yetarli hisoblanadi.  

Yirik binolar va sanoat korxonalarida mahalliy uyali aloqa  tarmoqlarini qurish Toshkent shahrida  internet sifatini  sezilari ravishda yaxshilashi mumkin. Biroq provayderlar bundan iqtisodiy foyda ko‘zlamagunlaricha, bu narsa hozircha imkonsizdir.  

 Roman BONDARCHUK, O‘zA muxbiri  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nima sababdan binolarda mobil internetning tezligi past?