Nigora Abdullaeva – jahon chempioni
Xabar berganimizdek, shu kunlarda AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, shu kunlarda AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Quvonarlisi, yakshanba kungi musobaqalarda hamyurtimiz Nigora Abdullaeva chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida 49 kg.gacha vazn toifasida supachaga chiqqan Nigora dast ko‘tarishda 75 kg, siltab ko‘tarishda esa 90 kg. va umumiy hisobda 165 kg. natija qayd etdi. Musobaqada ishtirok etgan hech bir sportchi yurtdoshimizning ushbu natijalarini yaxshilay olmadi va natijada Nigora Abdullaev jahon chempionatining mutlaq g‘olibasiga aylandi.
Uning ikki kurashdagi eng yaqin ta’qibchisi ruminiyalik Valentina Kambei Nigoradan naqd 6 kilo past natija qayd etdi. Kuchli uchlikka umumiy 154 kg. natija qayd mezbon sportchi Kayya Braynt yakun yasab berdi.
Eslatib o‘tamiz, shanba kungi musobaqalarda o‘smirlar o‘rtasida 55 kg.gacha vazn toifasida ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Og‘abek Nafasov ikkita kumush medalga sazovor bo‘lgandi. Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.