Nigina Abduraimovadan uzoq kutilgan g‘alaba
Qozog‘istonning Qaraganda shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda Nigina Abduraimova bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Yakkalik bahslarining final bosqichida hamyurtimiz slovakiyalik Viktoriya Morvayovaga qarshi o‘yin o‘tkazib, 6/7, 6/3, 6/1 hisobida ishonchi g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Nigina Abduraimova mazkur musobaqada dastlab ukrainalik Valeriya Straxovani, chorak finalda rossiyalik Yekaterina Reyngoldni, yarim finalda yana bir rus tennischisi Yekaterina Kazionovani mag‘lubiyatga uchratdi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA