Nigeriyada xitoylik fuqarolar o‘g‘irlab ketildi
Noma’lum bosqinchilar Nigeriya g‘arbidagi Zunguru shahrida ishlayotgan xitoylik va xavfsizlik xodimlariga hujum qilgan, — deya xabar beradi mahalliy OAV.
— Bosqinchilar ikki nigeriyalikni o‘ldirib, ikki xitoylik muhojirni o‘g‘irlab ketdi, — deydi Nigeriya davlat politsiyasi vakili.
Politsiya hodisa vaqtida bedarak yo‘qolgan yana uch nafar xitoylik ishchini qidirmoqda.
Nigeriyada umuman odamlarni va xitoylik ishchilarni o‘g‘irlash holatlari keng tarqalgan.
Nigeriyaning Guardian internet nashriga ko‘ra, 2021 yilning 16 iyunida Lagos-Ibadan temir yo‘l loyihasi ustida ishlayotgan 4 nafar xitoylik ishchi Ogun shtatida qurolli shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgandi.
2021 yil 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Litszyan Nigeriyaning Kogi shtatida qurolli bosqinchilar 3 xitoylikni, Osun shtatida 2 nafar xitoylik o‘g‘irlab ketilganini esladi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi, Xitoy elchixona va konsulliklari Xitoy fuqarolarini xavfli hududlarga sayohat qilishdan bir necha bor ogohlantirgan.
Xitoy har doim Nigeriya bilan hamkorlikni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Nigeriya va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo aylanmasi 1,9 milliard dollardan qariyb 20 milliard dollarga yetgan.
Xitoy kompaniyalari tomonidan 2021 yil Nigeriyaga 40 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritilgan. Asosan, transport infratuzilmasiga 17,1 milliard dollar, energetika loyihalariga 16,5 milliard dollarlik investitsiya kiritilgan.
Ulug‘bek Mahmirzayev