Nigeriyada 27 nafar o‘quvchi o‘g‘irlab ketildi
Nigeriyaning Niger shtati Kagara shaharchasidagi maktabga bir guruh qurollangan shaxslar hujum qilib kamida 42 kishi, jumladan 27 nafar o‘quvchini o‘g‘irlab ketgan, deb xabar qiladi Nation gazetasi shtat gubernatori bergan ma’lumotga tayanib.
Voqea sodir bo‘lgandan keyin, g‘oyib bo‘lganlarni qidirish uchun zudlik bilan mazkur shtatga politsiya va armiya jo‘natildi. Hukumat qator tumanlardagi boshqa maktablarni ham yopishga buyruq bergan.
Shtat gubernatori Abubakar Sani-Belloning omaviy axborot vositalariga ma’lum qilishicha, jangarilar jami 42 kishini o‘g‘irlashgan. Bir o‘quvchi jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘lgan.
Xabarda maktabda jami 650 ga yaqin o‘quvchi bo‘lgani aytilmoqda.