Niger harbiylari 100 dan ortiq terrorchini yoʻq qildi
Niger va Fransiya harbiylari birgalikda oʻtkazgan amaliyot natijasida mamlakatning gʻarbiy qismida 120 nafar terrorchi yoʻq qilindi, deb xabar berdi Frans Press agentligi Niger mudofaa vazirligi bergan maʼlumotga tayanib.

Mudofaa vazirligidan maʼlum qilinishicha, 20-fevralgacha Niger va Fransiya harbiylari Mali va Burkina-Faso chegaralariga yaqin boʻlgan Tillaberi hududida 120 nafar terrorchini yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Bundan tashqari, hukumat askarlari tomonidan portlovchi moddalar tayyorlanadigan uskunalar va bir nechta transport vositasini ham qoʻlga kiritilgan. Amaliyotda ishtirok etgan harbiylardan hech kim halok boʻlmagan, deyiladi ushbu xabarda.