Gaaga shahrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi va USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi a’zolari Links Europe (Niderlandiya) rahbari Dennis Sammut bilan uchrashdi.

Links Europe 1997 yilda qo‘shni Yevropa davlatlarida mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va o‘tish jarayonini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati muloqot, tadqiqot va tahlil, targ‘ibot va axborot tarqatishdan iborat.

Dennis Sammutning so‘zlariga ko‘ra, Links Europe xavfsizlik, geosiyosat va xalqaro munosabatlar bo‘yicha maxsus tadqiqotlar ustida ish olib bormoqda. Links Europening o‘ziga xos xususiyati shundaki, u qaror qabul qiluvchilar, aql markazlari rahbarlari va tajribali mutaxassislar yig‘iladigan uchrashuvlar va tadbirlarni tashkil qilishda ijodkordir.

Shuningdek, Dennis Sammut tahliliy markaz imijini rivojlantirishning ayrim ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, aql markazining mustaqilligini ta’minlash, amalga oshirilayotgan siyosatni reklama yoki targ‘ib qilmaslik, muqobil variantlarni ishlab chiqish va muayyan muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq takliflar berish, shuningdek, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish hamda mustaqil fikr yuritish zarurligini ta’kidladi.

E.Tulyakov Links Europe vakillarini Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida rejalashtirilgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar va faoliyat ko‘lami, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda markazning o‘rni va roli, ko‘zda tutilgan islohotlar sifatli amalga oshirilishini monitoring qilish va uni keng jamoatchilikka yetkazish, o‘z vaqtida tahlil va tadqiqot ishlarini olib borish haqida ham so‘z bordi.

Uchrashuv davomida tomonlar Links Europe va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan Links Europe tajribali mutaxassislarining fikr-mulohazalarini olish uchun davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar doimiy tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishga kelishib oldilar.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niderlandiyaning nufuzli Links Europe tahlil markazi bilan aloqa o‘rnatildi