Neymar: "Voy sen hali tirik ekansan-ku", degandek tuyulardi"
Men o‘laman deb o‘ylagan edim.
Braziliya terma jamoasi yulduzi Neymar Qatardagi Jahon chempionatining chorak finalida bo‘lib o‘tgan Xorvatiyaga qarshi o‘tgan o‘yinni esladi.
"Hayotim davomida har doim beshinchi penaltini o‘zim amalga oshirganman. So‘nggi zarbani berish doimo qiyin va mas’uliyatli bo‘ladi, biroq unga navbat yetib kelmasligi ham mumkin. Bunday holat o‘sha bahsda kuzatilgan edi. Men o‘laman deb o‘ylagan edim. Uchrashuvdan so‘ng mehmonxonaga keldik. Go‘yoki dunyo qulayotgandek tuyuldi. Keyin esa oilam bilan ko‘rishdim. Ularning barchasi jiddiy holatda yonimda o‘tirishar edi. Shu vaqtda hattoki dafn marosimi qanday bo‘lishini tasavvur qila boshladim. Kichik xonada o‘tirgan edim va odamlar birin-ketin kirib kela boshladi. Hammada ko‘zlar qizarib ketgan, hamma jim edi. "Voy sen hali tirik ekansan-ku", degandek tuyulardi. Menda shunday yomon hissiyot bo‘lgan edi", - dedi Neymar.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Qatardagi mundialning chorak finalida Braziliya Xorvatiyaga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchragan edi. Uchrashuvda Neymar jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan.