Nevroz kasalligi juda qadimdan ma’lum. Bu kasallikni tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ham mukammal o‘rgangan. O‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif berilgan: bu kasallikda tana harorati ko‘tarilmaydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar bo‘lmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan bo‘ladi.

Tez asabiylashadigan odamlar nevrozga tez chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi ham nevroz rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Doimiy hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo‘lish, oila va ishxonadagi kelishmovchiliklar, doimiy qo‘rquv va xavotir nevroz rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Asab buzilishi bilan bog‘liq bu kasallik tibbiy-psixologik muolajalardan so‘ng samarali davolanadi. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi. Ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi hollarda nevrozning sababini aniqlash va ularni yo‘qotish ancha mushkul. 

Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinoga borib turish tavsiya qilinadi. Shuningdek, umumiy massaj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbiya va sportning o‘ziga maqbul turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta foydalidir. Nevrozni davolash uchun juda ko‘p dori-darmonlar mavjud. Biroq ularni ko‘p qo‘llash kerak emas. Bemorlarni davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga ega bo‘lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bo‘lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past bo‘ladi. Bunday paytlarda shifokor tavsiyasi va nazoratida bo‘lish juda muhim. 

Xo‘sh, nevroz kasallikmi yoki shunchaki yomon xarakter? Nevroz belgilari qanday namoyon bo‘lishi va davolanish tartibi haqida tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev bilan suhbatlashdik.

Batafsil

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/f0d6bErcLAg" title="Nevroz kasallikmi yoki yomon xarakter?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

"Salomatlik sirlari" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini e’tiborsiz qoldirmang. 

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nevroz kasallikmi yoki yomon xarakter? (+video)