Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatida bo‘ldi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari sanoatning yuqori texnologik tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, mahallalarda aholi daromadini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, yangi korxonalar qurilishiga start berildi. Tashrif doirasida davlatimiz rahbari xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlarning 6 milliard 100 million dollarlik loyihalari taqdimoti bilan ham tanishdi. Ulkan tarixiy voqelik – G‘allaorol tumanida metallurgiyaga ixtisoslashgan sanoat zonasi hamda Forish tumanida 500 megavatt quvvatga ega quyosh elektrostansiyasi qurilishi bo‘yicha loyihalarga start berildi.

Tashrifning ikkinchi kuni Zarbdor tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha hududlardagi kabi Jizzax viloyatida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgani ta’kidlandi.

So‘nggi yetti yilda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 2500 ta yangi korxona ishga tushgan. Ularda 45 mingta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Tadbirkorlar soni esa ikki karra ko‘paygan.

Qishloq xo‘jaligidan sanoatga katta sakrash bo‘ldi, deyish mumkin. Viloyatda iqtisodiyotni yangi bosqichga ko‘tarish, qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadini oshirish uchun foydalanilmayotgan mavjud imkoniyatni to‘liq ishga solish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Abdunabi ABDURAHMONOV, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Sharof Rashidov tumani kengashi raisi:

– Hurmatli Prezidentimiz viloyatimizga tashrifi davomida Jizzaxda ulkan imkoniyat borligi, undan hali to‘liq foydalanilmayotganini ta’kidlab, faoliyatimiz davomida tizimli ishlash mexanizmini tushuntirib berdi. 

Sharof Rashidov tumanida agrologistika borligi, hatto uning bozori va eksporti tayyorligi, shuningdek, mahsulotni yetishtirib, tumanimizga valyuta olib kirish kerakligi alohida qayd etildi. 

Bir so‘z bilan aytganda, halovatimizdan kechib, aholi tomorqalaridan, yer xo‘jaliklaridan unumli foydalanishimiz va davlatimiz rahbarining bugungi olib borayotgan siyosatini xonadonma-xonadon kirib tushuntirishimiz zarur. O‘ylaymanki, bank xodimlari, “mahalla yettiligi” bilan birga ishlasak, albatta, aholi iqtisodiy jihatdan mustahkam, bozori to‘qin va arzonchilik bo‘ladi.

Mahallada birinchi bo‘lib xalqni rozi qilish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarimizni kasb-hunarga o‘qitish kerakligi alohida qayd etildi. Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalarga o‘z hissamizni qo‘shib, mamlakatimizni obod qilish, mahallalarning tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida bor kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.

Dilbar Saidova, Sharof Rashidov tumanidagi Buvijonlar maktabi raisi:

– Prezidentimizning Jizzax viloyatiga qilgan tashrifidan juda to‘lqinlanib o‘tiribman. Hamma soha xususida tahlil va taklif bo‘ldi. Xususan, mahallada yaratilgan tizim, aholi farovonligini ta’minlash, ularning bandligiga ko‘maklashish bilan bog‘liq muhim yo‘nalishlar o‘rtaga tashlandi.

O‘zim mahallada 22-yil rais bo‘lganman, ammo o‘shanda 3 tagina xodim bilan ishlaganman. Bugun mahallada yettilik tizimi tashkil qilindi, ushbu islohot fuqarolar osoyishtaligiga xizmat qiladigan bir tizimga aylandi, desam yanglishmayman. Hozir faqat ishlaydigan zamon keldi.

Prezidentimiz ma’ruzalarida aytib o‘tilgan har bir topshiriq – banklarning mahallalar bilan ishlashi, tadbirkorlikni rivojlantirish, chet eldan investitsiya olib kirish masalasi – bularning hammasi xalqimiz farovonligi uchun. Shunday ekan, biz – keksalar, nuroniylar ham yoshlar bilan kamarbasta bo‘lib, davlatimiz rahbari oldimizga qo‘ygan ustuvor vazifalarni bajarishga astoydil harakat qilamiz.

Yig‘ilishda mutasaddilarga aniq va mas’uliyatli vazifalar berildi. O‘ylaymanki, vijdoni bor rahbar Prezident topshiriqlarini, albatta, bajaradi. Toshkentda o‘qiganimizda shaharga havas qilardik. Qishloq qizlari qiyinchilik bilan poytaxtga borib o‘qirdi, oliygohlar bo‘lsmasdi... Hozir o‘zimizda 5 ta oliygoh ochildi. Nevaralarim Prezident maktabida o‘qiyapti. Mana shu emasmi, katta baxt!

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nevaralarim Prezident maktabida o‘qiyapti. Shu emasmi, katta baxt?