Netanyaxu iyulda Si Szinpin bilan uchrashadi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kelasi oy Pekinga tashrif buyurib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashishni rejalayapti. Bu haqda “The Times of Israel” o‘z manbalariga tayanib axborot berdi.
Nashr qayd etishicha, Netanyaxu oxirgi marta Pekinga 2017 yil borgan.
Bo‘lajak safar sanasi hali e’lon qilinmadi. Manba AQSH Prezidenti Jo Bayden Netanyaxuni yaqin orada Oq uyga taklif qilmoqchi emas, shu bois hukumat rahbari yaratilayotgan qo‘shimcha diplomatik imkoniyatdan samarali foydalanib qolmoqchi, deya qo‘shimcha qilgan.
Gazeta Isroilning Vashington bilan munosabatida sabrsizlik kuchayib borayotgani, qolaversa, Pekinning mintaqadagi ta’siri kuchayib borayotganiga ham e’tibor qaratgan.
Bayden Netanyaxuni ochiqchasiga “uzatilgan qo‘l yetar masofa”da ushlab turadi. Xabarda AQSH yetakchisi “Bosh vazirni ushbu mamlakatda sud-huquq islohotiga qarshi yuz bergan norozilik namoyishi tufayli, hozircha, Vashingtonga taklif qilmayman, deganini ham eslatib o‘tgan.