Isroil hujumni kuchaytirib, butun G‘azoni qo‘lga olishga va’da berdi. Bu haqda “Euronews” yozgan.
– Isroil armiyasi yaqin kunlarda G‘azodagi amaliyotni “to‘liq kuch bilan qayta boshlaydi, – dedi mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu. – Operatsiyani yakunlash XAMASni mag‘lub etish va yo‘q qilish demakdir. Hatto, garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yana kelishuvga erishilgan taqdirda ham G‘azodagi urushni to‘xtatib qo‘yishning iloji yo‘q! Har qanday kelishuv vaqtincha. XAMAS asirlar ozod qilinishini aytsa, biz askarlarimizni qaytaramiz va keyin ichkariga kiramiz. Urush to‘xtamaydi.
Ayni dam Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qamal tiklangan 2 martdan beri 57 bola to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA