Nepomnyashiyni mag‘lub etgan Javohir bugun Karlsenga qarshi dona suradi
Bugun, 11-sentabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida davom etayotgan “Tech Mahindra Global Chess League” turnirining 9-turida Javohir Sindorov sardorligidagi “Fyers American Gambits” jamoasi Magnus Karlsen yetakchiligidagi “Alpine Apl Pipers” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ushbu bahsning birinchi paxtasida Sindorov – Karlsen kurashi ko‘pchilikning e’tiborini tortishi bilan ahamiyatlidir.
Aytish lozimki, har ikki jamoa bugungi tur oldidan 15 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollaridan iborat “Tech Mahindra Global Chess League” turnirining ortda qolgan kunida Javohir Sindorov sardorligidagi “Fyers American Gambits” jamoasi rossiyalik Yan Nepomnyashiy boshchiligidagi “Ganges Grandmasters” jamoasini 13:5 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi taxtada hamyurtimiz Javohir Sindorov Nepomnyashiyni, Bibisara Assaubayeva Polina Shuvalovani taslim etdi va jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Turnirning so‘nggi tur o‘yinlari ertaga, 12-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA