Nepal: ofat qurbonlari soni 1 100 dan oshdi
Nepalning Xitoy bilan chegaradosh Rasuva hududi va tutash viloyatlarda sodir bo‘lgan dahshatli suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 114 nafarga yetdi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar bermoqda.
Tabiiy ofat xavfini kamaytirish va oqibatni bartaraf etish milliy boshqarmasi bedarak yo‘qolganlar soni 4 000 ga yaqinlashib qolganini bildirgan. Hozirga qadar 11 993 fuqaro xavfli hududdan ko‘chirildi. Tezkor tadbirga 20 000 dan ko‘p xavfsizlik xizmati xodimi hamda maxsus vertolyotlar jalb etilgan.
Gidroelektr stansiyalarida mehnat qilayotgan 947 xodimning taqdiri noma’lumligi ham jiddiy xavotir keltirib chiqargan.
Tog‘ hududini rivojlantirish xalqaro markazi va seysmologlar oxirgi xulosasiga ko‘ra, 26-avgust kuni yuz bergan falokatga ulkan muz bo‘lagi ko‘chishi va kuchli qor ko‘chkisi sabab bo‘lgan. Toshqin oqibatida infratuzilma, yo‘l va ko‘priklar vayron bo‘lgan. Shu bois qutqaruvchilar GES hududidagi yer osti yo‘lida qolib ketgan yoki suv oqizib ketgan ishchilarga yetib borishda mislsiz qiyinchilikka duch kelmoqda. Bu holat jabrlanganlarning yaqinlari tomonidan e’tiroz va norozilik keltirib chiqarmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA