Nepal BMTdan 20 million dollar oladi
Nepal hukumati avgust oyida Xitoyning Tibet mintaqasi bilan chegaradosh hududda yuz bergan dahshatli suv toshqini oqibatini yumshatish uchun BMT Iqlim yo‘qotishi va zararni qoplash jamg‘armasidan 20 million dollar miqdorida yordam oladi.
Mamlakat Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va atrof-muhit vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘ ofat yetkazgan jiddiy ziyonni bartaraf etishga yo‘naltiriladi.
Avgust oyida yuz bergan fojea oqibatida 1500 ga yaqin odam halok bo‘lib, 5000 dan ko‘p inson bedarak yo‘qolgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ofat 15 000 ming oila yoki 60 00 ga yaqin aholiga zarar yetkazgan. Shuningdek yo‘l, ko‘prik va maktablar, 13 gidroelektr stansiyasi kabi infratuzilmaga 2,7 milliard dollar miqdorida ziyon yetgan. Mamlakatni tiklash xarajati 4,7 milliard dollardan oshishi taxmin qilinyapti.
BMT tomonidan ajratilayotgan bu yordam Nepalga yetkazilgan umumiy zararning 1 foizidan ham kamroq qismini qoplaydi. Mamlakat Bosh vaziri Balendra Shoh BMTdagi chiqishida Nepal atrof-muhitga juda kam chiqindi chiqarayotganiga qaramay, iqlim o‘zgarishi oqibatidan eng ko‘p aziyat chekayotganini ta’kidlab, bu ofatni butun dunyo uchun muhim ogohlantirish deb atadi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA