Nemis tili öqituvçilari tajriba almaşmoqda
Poytaxtimizda nemis tili öqituvçilarining XIX anjumani öz işini boşladi. Ikki kun davom etadigan xalqaro tadbirda mamlakatimizning barça hududlaridan 230 nafardan ziyod nemis tili öqituvçisi iştirok etmoqda.
Anjuman pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, nemis tilini öqitişning zamonaviy usullarini ommalaştiriş, taʼlim jarayoniga ilğor tajribalarni joriy etiş va özaro fikr almaşişga qaratilgan.
Tadbir Germaniya, Şveysariya va Avstriya elçixonalari, Gyote instituti, Germaniyaning xorijdagi maktablar boş boşqarmasi (ZfA), Germaniya akademik almaşinuv xizmati (DAAD) hamda Özbekiston nemis tili öqituvçilari uyuşmasi hamkorligida taşkil etildi.
Oçiliş marosimida diplomatik vakolatxonalar, taʼlim sohasi mutasaddilari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda nemis tilini öqitiş böyiça mutaxassislar iştirok etdi.
Anjuman dasturidan nemis tilini çet tili sifatida öqitişning dolzarb masalalariga bağişlangan seminarlar, mahorat darslari va amaliy maşğulotlar örin olgan. Ularda zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, dars jarayonida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş, öquvçilarning til örganişga qiziqişini oşiriş kabi masalalarga eʼtibor qaratilmoqda.
Şuningdek, iştirokçilar taʼlim jarayonida uçrayotgan muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan fikr almaşib, özaro tajriba orttirmoqda. Nemis tilidagi yangi öquv adabiyotlari, metodik qöllanmalar va zamonaviy taʼlim resurslari bilan tanişiş imkoniyati ham yaratilgan.
– Xorijiy tillarni öqitiş sohasida har yili yangi uslublar va samarali öquv materiallari paydo bölmoqda, - deydi Toşkent davlat agrar universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Gulzoda Xidirova. – Şu bois öqituvçilar ham öz bilim va könikmalarini muntazam boyitib borişi zarur. Bunday anjumanlar yangi adabiyotlar bilan tanişiş, ilğor tajribalarni örganiş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş uçun qulay imkoniyat yaratadi.
Mutaxassisning taʼkidlaşiça, keyingi yillarda yoşlar örtasida nemis tilini örganişga qiziqiş ortib bormoqda. Xususan, ayrim talabalarning oliy taʼlim muassasalariga B1 va B2 darajadagi xalqaro til sertifikatlari bilan öqişga kirayotgani buning yaqqol dalilidir.
– Bu yoşlarda nemis tiliga qiziqiş maktab davridanoq şakllanayotganini körsatadi, - deydi Gulzoda Xidirova. – Universitetimizda nemis tilini öqitiş A1 – boşlanğiç darajadan yölga qöyilgan. Talabalar alifbodan boşlab, bosqiçma-bosqiç muloqot könikmalarini egallaydi. Bunda ularning kelgusida Germaniyada mehnat faoliyatini olib borişi yoki uşbu mamlakat oliy taʼlim muassasalarida, jumladan, magistratura bosqiçida tahsilni davom ettirişi mumkinligi ham inobatga olinadi.
Darhaqiqat, xorijiy tillarni puxta egallaş yoşlarning xalqaro taʼlim va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, nemis tilini biliş Germaniya va boşqa nemis tilida sözlaşuvçi mamlakatlarda tahsil oliş, kasbiy malaka oşiriş, ilmiy izlanişlar olib boriş hamda xalqaro loyihalarda iştirok etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-32366]
Anjuman doirasida Özbekiston nemis tili öqituvçilari uyuşmasi (DLV) faoliyati, pedagoglar örtasidagi kasbiy hamkorlikni mustahkamlaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va mamlakatimizda nemis tili taʼlimini yanada rivojlantiriş masalalari ham muhokama qilinmoqda.
Ikki kunlik anjuman öqituvçilarning kasbiy bilim va könikmalarini boyitiş, zamonaviy öqitiş usullarini amaliyotga tatbiq etiş, şuningdek, Özbekiston va nemis tilida sözlaşuvçi davlatlar örtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Kamola YUSUPOVA,
Öktam HAYITOV (surat), ÖzA