Nemis siyosatchisi: NATO tarqab ketish arafasida
Yevropa Ittifoqi NATOni tarqatib yuborishga tayyorgarlik ko‘rishi va tuzilmaga a’zo davlatlar manfaatini AQSH foydasiga qurbon bo‘lmaydigan mustaqil siyosat yuritmog‘i kerak. Bu haqda Bundestag so‘l partiyasi deputati Sevim Dagdelen ma’lum qildi.
“Hozir bu gaplarim Germaniya xalqi uchun utopik bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bizning uzoq muddatli maqsadimiz NATOni tarqatib yuborish va qurolsizlanish hamda hamkorlikka to‘liq yo‘naltirilgan jamoaviy xavfsizlik tizimini yaratish bo‘lmog‘i lozim”, deya iqtibos keltirgan Xitoyning “Global Times” gazetasi noibning bayonotidan.
Deputat ta’kidlashicha, YeI va AQSHning Ukraina bo‘yicha manfaati bir-biriga mutlaqo zid. “Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning harbiy mag‘lubiyati uchun har narsaga tayyor. YeI Amerika manfaati va strategiyasiga moslashmasligi kerak”, - qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Sevim Dagdelen fikricha, dunyoda qarama-qarshi uyushmalar paydo bo‘lganda xalqaro hamjamiyat “sovuq urush” usuli va tafakkurini unutmog‘i shart. Qarama-qarshilikdan voz kechish kerak. Bu biz amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan eng birinchi ish”.