Nega aynan elektromobillarga talab oshib bormoqda?
Avtomobil xarid qilishda endi nafaqat uning tashqi ko‘rinishi, tezligi yoki narxi inobatga olinadi, balki yoqilg‘i sarfi, xizmat ko‘rsatish xarajatlari va kundalik foydalanishda qanchalik qulay ekani ham muhim mezonga aylandi.
Shu jihatdan elektromobillarga talab oshdi, yo‘llarda elektrda harakatlanayotgan mashinalar soni ortdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 447,7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 37 874 dona elektromobil import qilingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 ming donaga yoki 2,6 barobarga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 37 560 dona
Gongkong (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi) – 141 dona
Koreya – 80 dona
Germaniya – 42 dona
AQSH – 21 dona
Boshqa davlatlar – 30 dona
Ma’lumot o‘rnida, qayd etish lozimki, joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda 109,2 mingtadan oshiq elektromobil ro‘yxatga olingan.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA