«Neftçi» Superliga peşqadami: 27-tur natijalari
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 27-tur bahslari öz yakuniga yetdi. Kutilganidek, uşbu turda favoritlar öz hisobidagi oçkolarini köpaytirdi.
Aniqroq aytadigan bölsak, Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida «Paxtakor» va «Qöqon-1912» jamoalari özaro raqobatlaşdi. Bahs mezbonlarning tezkor gollari bilan boşlandi. Uçraşuvning 6-daqiqasida Doston Hamdamov uzatmasidan söng Şerzod Nasrullayev hisobni oçdi. Oradan uç daqiqa ötib, bu safar Ş.Nasrullayevning uzatmasidan Stefen Çinedu unumli foydalanib, jamoasining ustunligini oşirdi.
Ikkinçi bölimda mehmonlar hisobdagi farqni qisqartirişga muvaffaq böldi. 62-daqiqada Silvanus Nimelining uzatmasidan keyin Toma Tabatadze töpni darvozaga yöllab, hisobni 2:1 körinişiga keltirdi. Biroq, uçraşuvning sönggi daqiqasida Doston Hamdamov penaltidan aniq foydalanib, «Paxtakor»ning 3:1 hisobidagi ğalabasini taʼminladi.

«Neftçi» uşbu turda OKMK klubini qabul qildi. Öyinning birinçi bölimida tomonlar bir qator qulay imkoniyatlarga ega bölgan bölsa-da, ulardan foydalana olmadi. Tanaffusdan keyin mezbonlar taşabbusni öz qöliga olib, raqib darvozasi oldida bir neça bor xavfli vaziyatlar yaratdi. Ammo yakuniy zarbalarga aniqlik yetişmadi.
Uçraşuvning sönggi qismi esa keskin kuraş ostida keçdi. 88-daqiqada himoyadagi xatodan foydalangan mehmonlar penalti işlab oldi. Jamoa sardori Georgi Papava 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oşirib, hisobni oçdi.
Şundan söng mezbonlar bor kuçini hujumga safarbar etdi. 90-daqiqada Nurbek Sarsenbayev darvozabon qaytargan töpni darvozaga yöllab, hisobni tenglaştirdi. Hakam tomonidan qöşib berilgan 90+8-daqiqada esa zaxiradan maydonga tuşgan Xurşid Ğiyosovning aniq zarbasi Farğona jamoasiga ğalaba keltirdi — 2:1.
Şu tariqa, mezbonlar uçraşuvning sönggi daqiqalarida iroda namoyiş etib, muhim uç oçkoga ega böldi.

Özbekiston Superligasining 27-turida «Nasaf» safarda «Buxoro»ni 1:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvning 29-daqiqasida Ozodbek Rajabovning goli VAR orqali bekor qilindi. 85-daqiqada mezbonlar sardori Sardor Qulmatov maydondan çetlatildi. 90-daqiqada esa Oybek Rustamov ğalaba golini kiritib, «Nasaf»ga uç oçko taqdim etdi.
27-turdan keyin turnir jadvalidagi holat quyidagiça köriniş oldi. Farğonaning «Neftçi» jamoasi 26 uçraşuvda 61 oçko jamğarib, peşqadamlik qilmoqda. «Paxtakor» 27 öyindan söng 59 oçko bilan ikkinçi, «Navbahor» esa 55 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda.
Keyingi poğonalarni «Nasaf» va OKMK jamoalari band etgan. Har ikki klub 45 oçkodan jamğargan bölsa-da, töplar nisbatiga köra 4-5 öringa taqsimlangan. «Lokomotiv» 43, «Buxoro» 42, «Dinamo» 37, «Qizilqum» 35 oçko bilan 6-9 örinni egallagan. «Surxon» va «Andijon» jamoalari 31 oçkodan töplagan. Töplar nisbatiga köra termizliklar öninçi, andijonliklar esa ön birinçi poğonada qayd etilgan. «Söğdiyona» 30 oçko bilan 12-örinda bormoqda.

Quyi örinlarda «Xorazm» va «Bunyodkor» 26 oçkodan jamğarib 13-14, «Qöqon-1912» 24 oçko bilan 15, «Maşʼal» 5 oçko bilan turnir jadvalini yakunlab turibdi.
Eʼtiborli jihati, «Neftçi» va «Bunyodkor» hisobida bittadan qoldirilgan uçraşuv mavjud. Ular örtasidagi öyin 14-noyabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan.
Özbekiston Superligasida ayni damga kelib "Söğdiyona" hujumçisi Lyupço Doriyev 15 ta gol bilan peşqadamlik qilmoqda. Undan keyingi örinlarni 14 tadan gol bilan Stipe Peritsa ("Neftçi") va Temurxöja Abduxoliqov ("Lokomotiv") band etib turibdi. Kuçli beşlikni esa Anvarjon Hojimirzayev ("Dinamo", 12 ta gol) hamda Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor", 11 ta gol) yakunlab bergan.

Özbekiston Superligasida 28-tur uçraşuvlari 19–22-noyabr kunlari bölib ötadi.
19-noyabr, 18:00 — «Surxon» — «Andijon»
20-noyabr, 17:00 — OKMK — «Qizilqum», «Lokomotiv» — «Paxtakor», 18:30 — «Navbahor» — «Neftçi»;
21-noyabr, 17:00 — «Qöqon-1912» — «Söğdiyona», «Nasaf» — «Maşʼal», 18:00 — «Xorazm» — «Buxoro»;
22-noyabr, 16:00 — «Dinamo» — «Bunyodkor»
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA