Savdo ma’lumotiga ko‘ra, sarmoyadorlar Xalqaro energetika agentligi (IEA) hisobotini kutayotgan bir payt seshanba kuni ertalab jahon bozorida neft narxi ketma-ket uch kun davomida ko‘tarildi.
Bugun ertalab “Brent” markali qora oltinning iyun oyi uchun fyuchers narxi 0,34 foiz oshib, barrel uchun 65,1 dollarga chiqdi. “WTI” toifasi uchun esa 0,39 foiz ko‘tarilib, 61,77 dollarga yetgan. Oxirgi ikki kun ichida “Brent” 2,45 foiz, “WTI” 2,56 foiz qimmatlashgan.
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti – OPEK aprel oyi uchun e’lon qilgan hisobotda xom ashyoni qazib olish mart oyida fevralga nisbatan kuniga 37 000 qisqarib, 41,02 million barrelni tashkil qilgani aytildi. Shu bilan birga bitimda ishtirok etuvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda qisqartirish va ortiqcha ishlab chiqarishni qoplash rejasini inobatga olgan holda, kelishilganidek, kuniga 102 000 barrel ko‘proq mahsulot qazib olishdi.
“Makroiqtisodiy muhit hozir barqarorlashgan, neft sekin-asta tiklanish yo‘liga tushmoqda” deya ta’kidlagan “Dadi Futures” tahlilchisi Xuan Vanchje “Blumberg” agentligi muxbiriga bergan intervyusida.
S.Rahimov, O‘zA