Neft narxi har qanday holatda ham arzonlashishi bashorat qilinmoqda
Xalqaro energetika agentligi (XEA) o‘z hisobotida ilk bor neft narxi jahon iqtisodiyoti rivojlanishining har qanday ssenariysi bo‘yicha ham XXI asr o‘rtalariga kelib tushib ketishini bashorat qilmoqda. Bu haqda World Energy Outlook tashkilotining yillik hisobotida keltirilgan.
"World Energy Outlook ko‘rib chiqayotgan har qanday ssenariy bo‘yicha ham tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyo bo‘yicha neftga bo‘lgan talab tushib boradi, garchi pasayish muddati turli vaqt bilan ko‘rsatilsa ham", - deyiladi hujjatda.
Ma’ruzada uchta ehtimoliy ssenariy keltirilgan. Birinchisi amaldagi iqlim bo‘yicha siyosat hisobga olingan. Ikkinchisi mamlakatlarning o‘z zimmalariga olgan vazifalarini o‘z vaqtida bajarishi. Uchinchisi asr o‘rtalariga kelib uglerod neytralligiga erishish.
Birinchi ssenariy bo‘yicha 2030 yillarning o‘rtalariga kelib neft qazib olish ko‘rsatkichini eng yuqori darajaga, ya’ni kuniga 104 million barrelga chiqarish. Ikkinchi ssenariy bo‘yicha joriy o‘n yillikning ikkinchi yarmiga kelib eng yuqori talabni kuniga 97 million barrelga yetkazish. Uchinchi ssenariy esa kunlik eng yuqori talab 2030 yilda 72 million barrelni tashkil etishini ko‘zda tutadi.
Shu bilan birga, XEA mutaxassislari jahonning gazga bo‘lgan talabi hatto uglerod neytralligiga erishilgandan keyin ham o‘sib borishini aytishmoqda. Tahlilchilarning fikricha, STEP ssenariysi bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 2030 yilga kelib 15 foizga o‘sadi. Boshqa bir ssenariy bo‘yicha eng yuqori cho‘qqi 2025 yildan keyin zabt etiladi, keyin pasaya boshlaydi. Umuman, gazga bo‘lgan talab 2030 yilda hozirgidan taxminan besh foizga yuqori bo‘ladi, xalos.
XEA o‘z ma’ruzasida yana bir bor 2050 yillarga kelib uglerod neytralligiga erishish uchun yangi neft yoki gaz konlariga investitsiya jalb qilish kerak bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda. Kompaniya va investorlarning noto‘g‘ri harakati oqibatida yoki bozorning qisqarishi yuz berishi mumkin, yoki bo‘lmasa, investitsiyaning serobligi kuzatilishi mumkin, deydi agentdagilar.