“Til-bilgan el bilar” yoxud ilm uchun qo‘yilgan “qadam”, mamlakat yuksalishiga asos bo‘ladi.

Zamonamiz shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda til bilishning ahamiyati juda katta bo‘lib bormoqda. Darhaqiqat, til bilganga dunyo eshiklari ochiladi, deya bejiz aytilmagan. Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyotining ravnaqi uchun ham muhim o‘rin egallaydi. Til bilish – har bir inson uchun tijorat yoki ilm olish yohud tajriba almashish uchun muhimdir. Yurtni dunyoga tanitadiganlardan biri –sportchilar bo‘lsa, ikkinchisi, albatta, olimlardir. bugungi kunda olimlarimizning o‘z mahoratlarini global miqyosida namoyish etish yo‘lida til bilish darajalari qay darajada?

Ma’lumki, mamlakatimizda kelajak avlodning savodxonligini oshirishga qaratilgan bir qancha o‘quv kurslari o‘z faoliyatlarini samarali tarzda yuritib kelishmoqda. Ammo ularning aksariyati, boshlang‘ich bilim yoki IELTS o‘quv kurslaridan iboratdir. Aynan ilmiy-tadqiqot egalarining bilim ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Akademik” o‘quv kurslari esa mavjud emas. Bunday kurslar bo‘lganida ham ular til o‘rganuvchilardan yaxshigina mablag‘lar talab etishi turgan gap.

Mana shu muammoni hal etishda, yurtimizdagi olimlarning bilimini global miqyosida keng namoyish etish hamda olimlarga ko‘mak berish maqsadida  Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “English for science” loyihasi asosida ingliz tili kurslarning akademik darajasini mukammal egallashga qaratilgan bepul o‘quv darslari yo‘lga qo‘yildi. 

O‘ta mas’uliyatli vazifani amalga oshirish esa Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmiy nashrlar va jurnallarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi, The London College of IT and Commerce kolleji sobiq o‘qituvchisi Nazrullayev Nurullaxonga topshirilgan. Bugun u bilan xorijiy bilimlarni mamlakatimizdagi yosh tadqiqotchi va olimlarning ingliz tilida ilmiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan fikr va qarashlari bilan o‘rtoqlashmoqchimiz. 

  • Nurullaxon aka,“English for science” loyihasi haqida qisqacha gapirib bersangiz. Bu nechog‘lik olimlarimiz uchun ahamiyatli?

– Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fandir, – deydi N.Narzullayev. –Hozirgi kunda zamonaviy hayotni ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Afsuski, yurtimizda olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar jahon arenasiga chiqa olmayapti. Natijada, mamlakatimizda ilm-fan rivojining keskin o‘zgarib borayotgani global miqyosida ayon bo‘lmayotgani sir emas. Buning asosiy sabablari sifatida til bilish, ya’ni ingliz tilni o‘zlashtirish darajasi  asosan, olimlar o‘rtasida ortda qolayotganini ko‘rishimiz mumkin. Aynan kuzatilayotgan mana shu sohadagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun mas’uliyatli ishga qo‘l urdik. 

  • Yurtimizda ingliz tili kurslari juda ko‘p. Siz yo‘lga qo‘ygan loyihaning ulardan farqli tomonlarini ko‘rsatib o‘tsangiz.

–  Mazkur markazlar boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishga, IELTS darajasini qo‘lga kiritish uchun xizmat qiladi. Ammo (Academic English) akademik ingliz tili yo‘nalishida hech qanday kurs yo‘lga qo‘yilmagan. Buning o‘ziga yarasha sabablari ham bor. Negaki aynan olimlar uchun alohida yo‘nalish bo‘yicha  o‘quv dasturlar ishlab chiqilmagan. Qolaversa,tashkil etilgan taqdirda ham, ushbu dastur asosida ta’lim beradigan pedagoglar hozircha sanoqli.

Shu sababli Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan olim va tadqiqotchilarga mo‘ljallangan“English for science” kurslarini tashkil etish bo‘yicha taklif berishganlarida juda quvondim. Ushbu loyihani amalga oshirishni o‘z zimmamga olish istagini bildirdim. Shu o‘rinda chet el tajribasiga ega bo‘lganim biroz bo‘lsa-da qo‘l keldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Avvalo, o‘quv kurslarini o‘tishdek metodlar bo‘yicha maxsus o‘qitish dasturi ishlab chiqildi. Dasturning  o‘ziga xosligi “qolip”ga tushirilgan eski o‘qitish usullaridan butunlay farq qiladi. Biz dasturni aynan Yevropa va AQSH standartiga xos bo‘lgan ARA- American Psychological Association va CMC-Chicago Manual Style asosida tuzishga harakat qildik.

        ARA- American Psychological Association – bu uslub, Amerika psixologik assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, G‘arbda ijtimoiy fanlar akademik ish yuritishning keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Ushbu uslub maqolani tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek, iqtiboslar, izohlar, jadvallar, maqola shriftini va tuzilishini loyihalash bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Hamda dastur ilmiy maqolani yozish, uning strukturasi, qanday terminologiya (terminlar asosida) bo‘lish haqidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi. 

Men faoliyat yuritgan London College  of  IT and Commercial kollejida aynan mana shu ARA va SMS dasturi keng qo‘llaniladi. Shu sababli quyidagi ARA va CMC dasturlarni mukammal o‘zlashtirishimga imkon bo‘lgan.

  • Sizningcha xalqaro olim qanday talablarga javob berishi kerak?

      – Savol tug‘ilishi mumkin, bizni yurtimizdan xalqaro olimlar chiqadimi?! Albatta, chiqadi... Jamiyatimizda har bir soha yo‘nalishida olimlarimiz yetarlicha izlanishlar olib bormoqda. Afsuski ilm-fan yutuqlari mamlakat chegarasidan tashqariga chiqmay qolib ketmoqda. Bunda asosiy muammo nimada? Ish qilingan, ilmiy salohiyat yuqori, hattoki, xalqaro ahamiyatga molik g‘oyalar mavjud. Jahon bozorida loyihalarning raqobatbardoshligi kuchli. Endilikda bu loyihani tijoratlashtirish maqsadida xalqaro grantlarga talabnomalarni to‘ldirish (loyihaning mazmun mohiyati), loyihani moliyalashtirish uchun ishtirok etish lozim. Amalga oshirilgan loyihani xalqaro miqyosida taqdim etib borish maqsadida, olimlar xorijiy ilmiy jurnallarga, jumladan, Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallarga ish faoliyatidagi yangiliklar to‘g‘risida maqola chop etib boradi.

Ushbu risolalarning o‘ziga yarasha talablari mavjud. Agar maqola talablarga mos ravishda mazmun mohiyatga yoki akademik yondashuvga ega bo‘lmasa, chop etilmaydi. Shuningdek, ayrim holatlarda til bilish darajasi yuqori bo‘lmagan olimlarimiz xalqaro konferensiyalarda o‘zlarining loyihalarini bayon eta olmaslik holatlari ham yuz bergan. Nazarimda xalqaro darajadagi olim o‘zining g‘oyasiga, ilmiy natijalariga ega bo‘lishi kerak. Eng asosiysi yangi bilimlarni yuzaga olib chiqish uchun ikkinchi vosita – til bilish darajasi ham muhimdir. Shu bilan birga, olimlarimiz yanada faol bo‘lishi, o‘z sohalarida bo‘layotgan yangiliklar, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borishlari maqsadga muvofiqdir. Aynan mana shu jabhalar olimlarimizdan ingliz tilini mukammal bilishlarini talab etadi. Bu xalqaro miqyosdagi olimdan talab etiladigan jihatlardir.

Kelajakdagi rejalaringiz?

– Avvalambor, yo‘lga qo‘yilgan “English for science” loyihasini kengaytirish va 2021–2022 yillargacha uzaytirishni rejalashtirdik. Shu bilan birga, olimlar uchun mo‘ljallangan yanada mukammal darajadagi darsliklar dasturlarini tuzish maqsadida chet ellik ekspertlarni ham jalb etishga muvaffaq bo‘ldik. Eng muhimi ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini orttirish maqsadida kurslarni 9 oylik va 1 yillik tarzda tashkil etishni belgiladik. Hozircha o‘quv kurslari Toshkent shahri olimlari uchun yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatlar miqyosida faoliyat yuritayotgan olimlarimiz uchun esa onlayn tarzda darslar olib borishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. 

Hozirgi kunga qadar ushbu loyihaning “pilot”, ya’ni tajriba qismini o‘tkazdik. Unda Toshkent shahri bo‘ylab olimlar orasidan tanlov asosida qabul qilingan 24 nafar qatnashuvchilar 3 oy davomida bepul o‘qitildi. Albatta, buning natijasi sezildi. Ishtirokchi olimlarning qay birlari xalqaro konferensiyada o‘zining loyihasi bilan ishtirok etgan bo‘lsa, boshqa bir ishtirokchimiz Scopus ma’lumotlar bazasida maqolasini chop etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu atigi qisqartirilgan – 3 oylik kurslarimizning natijasi, xolos. 

9 oy davom etadigan kurslar so‘ngida esa, har bir ishtirokchi olgan bilimlar natijasini namoyish etishi uchun xalqaro jurnallarda maqola chop qilishi yoki konferensiyalarda o‘z loyihalari bilan qatnashishi hamda xorijiy grantlarning ishtirokchisi bo‘lishi talab etiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu loyihani yo‘lga qo‘yishidan maqsadi, yurtimizdagi olimlarning loyiha va ixtirolari dunyo miqyosida e’tiborga sazovor bo‘lishini ta’minlashdir. 

Aziza Aslanova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nazrullayev Nurulloxon: Xalqaro darajadagi olim o‘zining g‘oyasiga, ilmiy natijalariga ega bo‘lishi kerak