Nazoratdagi shaxslar bilan davra suhbati tashkil etildi
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani IIB JXX sinov muddati nazoratidagi shaxslar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda mahkumlarning muammo va murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish choralari belgilandi. Shuningdek, takror jinoyat sodir etmasliklari tushuntirildi.
[gallery-9289]
Bir nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganligi munosabati bilan unga ID-karta topshirildi.
Davra suhbatidan so‘ng tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, uch nafar ishsiz shaxsning bandligi ta’minlandi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA