Nazariy olingan bilim amaliyotda bilinadi
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o‘tayotgan IIV Akademiyasining 30 nafar kursantlari va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bitiruvchilardan xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya qilish, amaliyotni belgilangan tartibda o‘tashlari hamda biriktirilgan murabbiylar talablariga amal qilishlari lozimligi ta’kidlanib, fuqarolar bilan munosabatda hushmuomali bo‘lish, hodisaga huquqiy baho bera olish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha ham muhim tavsiyalar berildi.
Tadbirda a’lo baholari va namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘layotgan kursantlarning ota-onalariga “Tashakkurnoma” berildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA