Navro‘z – bahorning go‘zal nafasi, tabiatning uyg‘onishi, qalblarning yanada poklanishi. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar esa ushbu bayramga yangicha ruh bag‘ishlamoqda.

Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida Navro‘z bayrami arafasida “Navro‘z – yangilanish va yasharish ayyomi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ushbu bayramning kelib chiqish tarixi, u bilan bog‘liq bo‘lgan an’ana va qadriyatlarning chuqur o‘rganilishi va dunyo miqyosida keng targ‘ib qilinishi insoniyat nomoddiy madaniy merosining yanada boyishiga olib kelishi alohida e’tirof etildi.

Muxtasar qilib aytganda, Navro‘z birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish va insonlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Yangilanish fasli turli xalqlar o‘rtasidagi madaniy sohadagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va ularni o‘zaro yaqinlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z yangilanish va yasharish ayyomi