O‘lkamizga bahor keldi. Ko‘klam jozibasi, bayramlar shukuhi butun olamni yashnatib, yashartirib yubordi. Barcha joylarda bo‘lgani kabi Navro‘zi olamni Navoiy kon-metallurgiya kombinati ko‘pming kishilik mehnat jamoasi ham ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishdi. Kombinat tashabbusi bilan Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi maydoni erta tongdan karnay-surnay va musiqa sadolari ostida tadbir ishtirokchilari bilan to‘ldi.

Ushbu xalq saylida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamg‘armasi” DM, mahalliy aholi va jamoatchilik vakillari, yoshlar, Navoiy shahar mehmonlari, minglab yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.  

Bo‘linmalar tomonidan tashkil etilgan rang-barang an’anaviy ko‘rgazmalar namoyishi, ko‘klam taomlari bilan bezatilgan dasturxonlar, turli ko‘rik-tanlovlar, milliy san’at va hunarmandchilikning betakror namunalari, badiiy jamoalar va folklor-etnografik jamoalari chiqishlari, xalq o‘yinlari, kurash, arqon tortishish va boshqa sport musobaqalari, milliy urf-odatlarni aks ettirgan musiqiy dastur barcha ishtirokchilar, turli millat va elat vakillari, mehmonlarga bayramona zavq bag‘ishladi.

– Farzandlarim Navoiy viloyatida yashab, turli sanoat korxonalarida ishlaydi, – deydi mamnuniyat bilan samarqandlik Hanifa aya Rajabova. – Bu yilgi sharqona yangi yilni farzand va nabiralarim bilan birga nishonlash uchun keldim. Mana bugun Navoiy shahrida NKMK tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etayapman. Bayram barchada, shu jumladan, menda va nabiralarimda juda katta taassurot qoldirdi. Buni sayilda ishtirok etayotgan har bir yurtdoshimiz chehrasidagi quvonchdan ham bilsa bo‘ladi. Ko‘rib turibsiz, shukronalik tuyg‘ulari har bir inson kayfiyatida namoyon. Ilohim, bunday qadimiy qadriyatlarimiz, an’nalarimiz, birdamligimiz, tinchlik va farovonligimizga ko‘z tegmasin!

[gallery-16559]

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bayram arafasida kombinat jamoasi tomonidan 400 nafar nuroniy, mehnat faxriysi, ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olinib, mehr-muruvvat ko‘rsatildi, “Yashil makon” umummilliy loyhasi doirasida hasharlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yarmarkalari, ichki turizm sayohatlari tashkil etildi. Kombinat ishchi-xodimlari va mehnat faxriylari va ishtirokchilar uchun bayram dasturxonlariga osh, sumalak, halisa kabi milliy taomlar tortildi.

Tadbir so‘nggida kombinat boshqarmasi va uning bo‘linmalari tomonidan namoyish etilgan bahoriy taomlar ko‘rgazmasi hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, g‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Ha, “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oyani o‘zida chuqur mujassam etgan Navro‘z umumxalq bayrami, ahil-inoqlik va baxtiyorlik timsoli sifatida tarixga muhrlanmoqda. Ko‘ngillarni zavq-u shavqqa to‘ldirmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z ko‘ngillarga quvonch ulashdi