-

Navro‘z azaldan bahor, tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot ramzi hisoblanadi. Navro‘z barchani jipslashtirib, qalblarni iliqlik, yorug‘lik va kelajakka beg‘ubor ishonch hislari bilan to‘ldiradi. Ushbu kun shahar va qishloqlar, ko‘cha-yu bog‘lar yorqin milliy liboslar, serjilo bozorlar, ohangrabo musiqa, maftunkor raqslar, mayin tabassumlarga yo‘g‘rilgan  bayramona go‘zal manzaralarga to‘ladi. Aftidan, tabiatning o‘zi odamlar bilan birga quvonib, ularga serquyosh kunlar, yangilanish tuyg‘usini baxsh etadi. Garchi yillar o‘tib an’analar o‘zgarsa-da, eng muhimi - Navro‘z ezgu umidlar, cheksiz mehr-oqibat va yangi kun bayrami bo‘lib qolaveradi. Aynan mana shu qutlug‘ va nurafshon kun arafasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasida Navro‘z bayrami haqida so‘rov o‘tkazildi, unda o‘zbekistonliklar uchun Navro‘zning ahamiyati, ularning qalbiga yaqin an’ana va udumlar, bayramni nishonlash rejalari aniqlandi. Tadqiqotda mamlakatimizning barcha mintaqalaridan erkaklar va ayollar, yoshlar, o‘rta va katta yoshdagi fuqarolar, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida band bo‘lgan turli ijtimoiy qatlam vakillari ishtirok etdilar.

So‘rov natijalari ko‘rsatganidek, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ushbu qadimiy bayram turli avlodlarni jipslashtirib, do‘stlik, mehr-oqibat va birdamlik kabi azaliy qadriyatlarni yodga solib, har bir o‘zbekistonlik hayotining muhim qismiga aylangan. Bu yil aksariyat fuqarolar uni nishonlashni rejalashtirishgan. Jamoatchilik fikrida Navro‘z bahor va yangilanish timsoli, yangi umidlar va ezgu tashabbuslar davri ekanligi haqidagi tasavvur ustuvorlik qiladi. Bayram kishilarni jipslashtiruvchi, xonadonlarni oilaviy uchrashuvlar tafti va muloqot quvonchiga to‘ldiruvchi muhim milliy voqea sifatida idrok etiladi. Shubhasiz, Sharqona taqvimga ko‘ra Navro‘zning yangi yilboshi – istiqbolning Yangi kuni sifatidagi ahamiyati g‘oyat muhimdir.

Aksariyat respondentlarning bu kunni oila va do‘stlar davrasida nishonlash niyatida. Fuqarolar uchun bayramda oilaviy muhit, oila a’zolari va do‘stlar bilan jam bo‘lish, ular bilan o‘zaro quvonch ulashish va iliq muloqot qilish imkoniyati muhim ahamiyatga ega. Respondentlar uchun bayramning muhim qismi an’anaviy taomlar bilan bezatilgan bayramona dasturxon hisoblanadi. Xalq sayillari esa bayramning yana bir ahamiyatli muhim qismidir. Konsertlar, raqslar, sport musobaqalari - bularning barchasi sayillarni yanada jonlantiradi, quvonch va hamjihatlik muhitini yaratadi. Mehmondo‘stlik an’anasi fuqarolarning anchagina qismini o‘ziga jalb qiladi - respondentlar mehmon kutishni yoki o‘zlari mehmonga borishni rejalashtirishgan.

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy o‘zbekistonliklarning aksariyati uchun Navro‘z o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan: 71,9% fuqarolar uni o‘ziga xos, ezgu his-tuyg‘ular va quvonchli taassurotlarga to‘la, o‘zgacha bayram, deb biladilar.

Tadqiqot ishtirokchilari Navro‘zni, eng avvalo, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy va tarixiy an’ana, bahor, yangilanish va yorqin kelajakdan umid ramzi, o‘tgan yillar davomida o‘z jozibasini yo‘qotmagan oilaviy bayram sifatida, o‘ziga xos shodlik muhiti, tabiat bilan hamohangligi uchun qadrlaydi.

Bahor kelishi bilan nafaqat tabiat, balki odamlar ham jonlanadi – kayfiyat yangilanadi, his-tuyg‘ular uyg‘onadi, fikr va tuyg‘ularda o‘zgacha yengillik paydo bo‘ladi. Navro‘z ortga nigoh tashlab, yakun chiqarish, natijalarni hisob-kitob qilish, ayni vaqtdayangi umidlar bilanto‘lib-toshib, kelajakka quvonch bilan nazar tashlash marrasiga aylanmoqda. So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, bayram arafasida ko‘pchilik kishilar aynan shunday yorqin, ilhomlantiruvchi his-tuyg‘ularni boshdan kechirishmoqda. Ushbu bahor kunlarida yurtimizda hukm surayotgan asosiy kayfiyat - bu shodlik va bayramdan rohatlanish hissi hisoblanadi. Albatta, buning hech bir ajablanarli joyi yo‘q: o‘zbekistonliklar yaqinlari bilan uchrashish, noz-ne’matlar tayyorlash, an’anaviy tadbirlarni rejalashtirishga hozirlik ko‘rmoqdalar, ochiq yuz, tabassum bilan atrofdagilar uchun yaxshilik qilishga, o‘zining va ularning hayotini kichik quvonchlarga to‘ldirishga intilmoqdalar.

So‘rov ishtirokchilarining fikricha, Navro‘z ularga qayta tug‘ilish, ilhom va yangilanish hissini baxsh etadi, ular ushbu bayramni nimanidir ibtidosidan qayta boshlashga, kuch-quvvatga to‘lib, o‘y-xayollarni tartibga solishga berilgan imkoniyat sifatida idrok etadilar. Yangilanish nafaqat tabiatga, balki shaxsiy rejalar, xohish-istaklar va intilishlarga ham tegishli. Kimdir bu vaqtda xonadonini saranjom-sarishta qilsa, kimdir maqsadlarini taftish qiladi, yana kimdir esa hayotidagi yangi, yaxshiroq sahifalarga ruhan moslanadi

Respondentlar tetiklik tuyg‘usini his etishayotganini ta’kidladilar, ularning fikriga ko‘ra, bayram arafasida ularda yangi kuch, yangi g‘ayrat bilan biror narsa qilish, yaratish, hayotdan zavqlanish istagi paydo bo‘lmoqda, Navro‘z esa ushbu kayfiyatni mustahkamlash, hayotni yorqin ranglar bilan to‘ldirish imkonini beradi.

Jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari Navro‘z taqvimdagi shunchaki oddiy bir sana emas, balki an’analar, oilaviy qadriyatlar, yaqinlarimizga g‘amxo‘rlik, tabiat bilan hamjihatlik his-tuyg‘ulari chambarchas bog‘lanib ketadigan jonli, serqirra bayram ekanini tasdiqladi. Aksariyat fuqarolar uchun nafaqat bayramning o‘zi, balki uning an’anaviy udumlari ham muhimdir, binobarin, ularsiz Navro‘z bu qadar sevimli va ardoqli bo‘lmasdi.

Navro‘zning asosiy an’analaridan biri sabr-toqat, saxovat, hamjihatlik va farovonlik ramzi bo‘lgan sumalak tayyorlash bo‘lib qolmoqda. Uni tayyorlash avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadimiy udumda ishtirok etishni anglatadi. Bu yil 64% respondentlar sumalak tayyorlashda ishtirok etishni rejalashtirishgan. Bu shunchaki pazandalik mahoratini namoyon etish jarayoni emas, balki butun boshli bir taomil hisoblanadi, unda qarindosh-urug‘lar, do‘st-birodarlar, qo‘ni-qo‘shnilar ulkan qozon atrofida to‘planishadi, diltortar suhbatlar qilinadi, kuy-qo‘shiq, laparlar yangraydi, vaqt esa go‘yoki o‘zgacha, sehrli bir muhit og‘ushiga cho‘mgandek tuyuladi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik sumalak tayyorlashni bayramning eng muhim an’anasi deb biladi, respondentlar uni asosiy udumlar qatorida qayd etishdi. Respondentlarning javoblari bu udumning mamlakat madaniy hayotida qanchalik chuqur ildiz otgani va o‘zbekistonliklar uchun qanchalik muhimligini tasdiqlaydi.

Ikkinchi o‘rinni qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar va do‘st-birodarlarni ziyorat qilish egalladi. So‘ralganlarning fikricha, Navro‘z, an’anaga ko‘ra, do‘stona uchrashuvlar vaqti bo‘lib, o‘zaro mehmondorchiliklar, keksalar va bemorlarni ziyorat qilish, qarindoshchilik rishtalarini mustahkamlash odat tusiga kirgan.

Muhim an’analar qatorida respondentlar xalq sayillari, konsertlar va festivallarni, xonadon va ko‘chalarni tozalash va bezash orqali bahorgi yangilanishni, shuningdek, sport musobaqalari va o‘yinlarini ajratib ko‘rsatishdi.

Xayriya tadbirlari va muhtojlarga yordam ko‘rsatishni So‘rov ishtirokchilari Navro‘zning muhim an’anasi deb hisoblaydi, chunki u azaldan xayrli ishlar va ezgu tashabbuslar davri bo‘lgan.

Bu yil Navro‘z bayrami Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani so‘rovda ham o‘z aksini topdi. Respondentlarning asosiy ko‘pchilik qismi buni yaxshi mutanosiblik deb hisobladi, chunki har ikkala bayram ham ezgulik, poklanish, ma’naviy yangilanish va odamlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan.

Umuman olganda, o‘tkazilgan so‘rov natijalari Navro‘z yurtimiz fuqarolari uchun avlodlarni birlashtiruvchi, ezgu ishlarga ilhomlantiruvchi, qalblarni quvonchga to‘ldiruvchi muhim va ahamiyatli bayram bo‘lib qolayotganini ko‘rsatdi. Asrdan-asrga o‘tib kelayotgan an’analar kishilar qalbida aks-sado berib, xayrixohlik hissini uyg‘otib yashab kelmoqda. Eng muhimi, Navro‘z avvalgidek har bir xonadonda, har bir kishi qalbida his etilayotgan yorqin, ezgu umidlar va bahorgi yangilanish bayrami bo‘lib qolmoqda.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navro‘z – bahor, yangilanish va birdamlik bayrami