Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari K.Karamova, IIV Qashqadaryo akademik litsey ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha akademik litsey direktorining o‘rinbosari, podpolkovnik I.Farmonov so‘z san’atkori, ilm-ma’rifat homiysi va yaxshiliklar yetakchisi Alisher Navoiy ijodi va faoliyati haqida ma’lumot berdi.  

Unda buyuk shoir ijod namunalaridan parchalar o‘qildi. Shuningdek, litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.  

– Fevral oyi viloyatda Alisher Navoiy va Bobur ijodini o‘rganish oyligi, deb belgilab olingan, – deydi  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari K.Karamova. – Shunga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamda shahar-tuman bo‘linmalari tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlarda navoiyxonlik, boburxonlik kechalari, ikki alloma ijodi bo‘yicha davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilmoqda.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyxonlik kechasi