Joriy yil 26 iyun kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli suveren kredit reytingi “BB-” darajasidan “BB” darajasiga ko‘tarildi. Reyting bo‘yicha prognoz – “Barqaror” deya baholandi.

Ushbu navbatdagi ijobiy o‘sish davlatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlat korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar xalqaro miqyosda ijobiy baholanayotganidan dalolat.

Ayni iqtisodiy o‘zgarishlar asnosida joriy yil iyun oyi oxirida “Navoiyuran” DK xalqaro moliya bozorida 300 million dollar miqdoridagi yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Korxonaning global kapital bozoriga integratsiyasida muhim qadam hisoblangan mazkur amaliyot xalqaro investorlar tomonidan jiddiy qiziqish bilan kutib olindi.

Joriy yil 10 iyul kuni “Fitch Ratings” agentligi tomonidan, davlat korxonasi sifatida (GRYe – GRE – Government-Related Entity), “Navoiyuran”ning reyting bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichi 20 balldan 30 ballgacha oshirildi va “kuchli” (strong) toifa bilan baholandi.

Mazkur yuqori reytinglar qo‘lga kiritilishi “Navoiyuran” DKning xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorligi, moliyaviy intizomi samarasi o‘laroq, korxonaning uzoq muddatli va barqaror rivojlanishga qaratilgan strategik maqsadlariga to‘liq mos keladi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiyuran” DK xalqaro reytingi yangilandi