2025 yil 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublikamizdagi bir necha yirik sanoat korxonalari qatori “Navoiyuran” davlat korxonasi ham 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi belgilangan edi.

Ayni payt “S&P Global Ratings” va “Fitch Ratings” xalqaro agentliklari tomonidan korxonaga VV (korxona mustaqil profili – BB, prongoz – barqaror) darajasidagi reyting ko‘rsatkichlari berilgan. Shu bilan birga joriy yil aprel oyida “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi korxonaga 3-darajali, 55 balli ESG reytingini taqdim etdi.

Jamoaning dastlabki xalqaro obligatsiyalarini chiqarish jarayonida bank-anderrayter etib CITI, “Abu Dhabi Comercial Bank” va “Natixis” investitsiya banklari, moliyaviy maslahatchi etib “Finasia Capitals”, xuquqiy masalahatchi etib “Dentons” yuridik kompaniyasi va tashqi auditor sifatida “Deloitte” auditorlik tashkiloti hamkorlar sifatida tanlab olindi.

Joriy yil 23-24 iyun kunlari London shahrida 64 nafar yirik xalqaro investor bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muloqotlar doirasida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasi, xususan “Navoiyuran” DKda 2022-2024 yillarda olib borilgan transformatsiya jarayoni va kelgusidagi rivojlanish rejalari yuzasidan batafsil axborot berildi.

Salohiyatli investorlar korxonaning yevrobond joylashtirish rejasiga yuqori qiziqish bildirdi.

Xalqaro investorlarning yuqori qiziqishi va bank-anderrayterlar tavsiyalarini inobatga olib, muassasaning 300 million AQSH dollari miqdoridagi 5 yillik yevrobondining boshlang‘ich foiz stavkasi 7,250-7,375 foiz oraligida belgilandi va buyurtmalar kitobi ochiq, deb e’lon qilindi.

Xorijiy investorlarning faolligi tufayli 93 nafar sarmoyador buyurtmasi jami 1,3 milliard dollar (talabdan 4,3 barobar ko‘p)dan oshgani munosabati bilan foiz stavkasi tushirildi va yakuniy kupon stavkasini 6,70 foiz etib belgilashga erishildi. 

Natijada korxonaning 300 million AQSH dollari miqdoridagi 5 yillik yevrobondlarini 6,70 foiz kupon stavkasi (dastlabki foiz stavkasiga nisbatan 0,675 foiz past)da joylashtirildi.

E’tirof etish joiz, joriy yil “Navoiyuran” DK “London Stock Exchange”da mamlakatimiz korxona va tashkilotlari orasida eng past kupon stavkasi bilan joylashtirgan Debyut yevrobond bo‘ldi.

Yevrobondni joylashtirishdan tushgan mablag‘ korxonada ishlab chiqarish quvvatini oshirish, transport va texnologiya parkini kengaytirish loyihalariga, uran zaxirasini ko‘paytirish hamda xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Navoiyuran” DK “London Stock Exchange”da eng past kupon stavkasi bilan 300 million dollarlik yevrobond joylashtirdi