Navoiyning dastxatini ko‘rganmisiz?
E’tiboringizga havola etadigan lavhamizda Navoiy bobomizning o‘z qo‘llari bilan tuzatishlar kiritgan bir noyob kitob qo‘lyozmasi haqida bo‘ladi.
Bu Abdurahmon Jomiy tomonidan yozilgan “Nafahot ul-uns” kitobidir. Bilamizki Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanadi, ijodiy hamkorlik katta asarlarning dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Shulardan biri ya’ni Navoiy iltimosiga ko‘ra Jomiy tomonidan bitilgan mashhur allomalar hayotidan ma’lumotlar beruvchi “Nafahot ul-uns” asaridir. Xijriy 883 yilda yozilgan ya’ni Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy o‘z qo‘llari bilan ushlagan va tuzatishlar kiritgan bu asarning qo‘lyozmasi bugungi kunda Toshkent shahrida yashovchi olim, tarix fanlari doktori Haydarbek Bobobekovda saqlanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/W9vtG0r06PM?si=K-kS_d9C6gbphUy1" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>