Navoiyni bilmak – ma’rifat nishoni
FOTOREPORTAJ
So‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Buxoro shahridagi 29-matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ham Navoiy siymosiga ehtirom ko‘rsatildi. Erta tongdan maktab radiosi orqali buyuk shoir g‘azallari yangradi. Sana munosabati bilan tashkil etilgan “Navoiyni bilmak – ma’rifat nishoni” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda esa o‘quvchilar tomonidan hazrat Navoiyning hayoti va ijodi asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-15893]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA