Navoiyda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda viloyatda 1462 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Ularning 221 tasi davlat va 1241 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Viloyatdagi 3-7 yoshdagi bolalar soni 86 ming 924 nafar bo‘lsa, ularning 76 ming nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Bolajonlarga 6 ming nafardan ziyod pedagog-tarbiyachi ta’lim-tarbiya bermoqda.

Tanlovning tuman va shahar bosqichida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 634 nafar direktor o‘rinbosarlari va tarbiyachilari ishtirok etdi va ularning 54 nafari viloyat bosqichida g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.  

Tanlov nizomiga asosan o‘tkazilgan bellashuvlar yakunida “Eng yaxshi direktor o‘rinbosari” nominatsiyasida Zarafshon shahridagi 14-son DMTT metodisti Gulbahor Xushmatova, “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasida Navbahor tumanidagi 2-son DMTT tarbiyachisi Zarina Umirzoqova, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida Uchquduq tumanidagi 15-son DMTT tarbiyachisi Gulsina Dauletova, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida Uchquduq tumanidagi 10-son DMTT tarbiyachisi Yulduz G‘aybullayeva, “Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida Zarafshon shahridagi 2-son DMTT tarbiyachisi Aziza Yuldosheva g‘olib deb topildi. Endilikda ular tanlovning respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.  

G‘olib va sovrindorlar pul mukofoti va esdalik sovg‘ala bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda yilning eng yaxshi tarbiyachilari aniqlandi