Navoiyda "Spark" avtomobili yonib ketdi (+video)
2022 yil 20 yanvar kuni soat 20:45 larda Navoiy shahri, Islom Karimov ko‘chasida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan F.M. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanayotgan haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan K.I. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomobilning orqa tomoniga borib urilgan va zarb oqibatida "Spark" avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.
Viloyat IIB YHXBning xabar berishicha, mashina yona boshlagach, haydovchi va uning yo‘lovchisi mashinadan tushib, o‘zlarini chetga olgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
O‘zA