Navoiyda “Media haftalik” tadbirlari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida “Media haftalik” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Haftalikda internet va bosma nashrlar, televideniye va radio jurnalistlari, davlat idoralari matbuot kotiblari, blogerlar hamda mobilograflar ishtirok etmoqda. Malakali ekspertlar tomonidan zamonaviy media sohasining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashish jarayonlari tashkil etildi.
Treninglar davomida ishtirokchilar islohotlarning turli yo‘nalishlarini yoritishda yangi yondashuvlar bilan tanishmoqda. Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahliliy va ta’sirchan tarzda yoritish, siyosiy mavzularni keng jamoatchilikka tushunarli shaklda yetkazish, media kontent tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
[gallery-29249]
“Media haftalik” tadbirlari izchil davom etmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA