Navoiyda “Kasaba uyuşmalari kuni” keng nişonlandi
Navoiyda “Muhtaşam” tantanalar maskanida 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Korxona va taşkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari, kasaba uyuşmalari faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etgan tadbirda yurtimizda sohalarda faoliyat olib borayotgan har bir xodimni qöllab-quvvatlaş, ularning huquqlarini himoya qiliş, faoliyatini takomillaştirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, kasaba uyuşmalari faoliyatiga doir huquqiy asos yildan yilga takomillaştirilmoqda. 2019-yil 6-dekabrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi Qonunning imzolanişi esa kasaba uyuşmalari hayotidagi eng muhim voqea böldi.
Joriy yilda kasaba uyuşmalari safiga 686 ta taşkilot va 12 984 nafar xodim jalb etildi. Mehnat qonunçiligiga rioya etilişi ustidan jamoatçilik nazorati natijasida 152 ta qonunbuziliş holati bartaraf etilib, xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklaş böyiça sudlarga kiritilgan daʼvolar natijasida ular foydasiga 2 milliard 100 million sömdan ortiq mablağ undirib berilişiga erişildi.

Şuningdek, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida ham keng kölamli işlar amalga oşirildi. “Ayollar daftari”ning 7-bosqiçiga kiritilgan 30 002 nafar xotin-qizning muammolari hal etildi. Uşbu maqsadlar uçun turli manbalar hisobidan 31 milliard 436,9 million söm mablağ yönaltirildi.
Bundan taşqari, mehnat jamoalarida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni mustahkamlaş, xodimlarning madaniy hordiq çiqarişi va sport bilan şuğullanişi uçun ham qator tadbirlar taşkil etildi.

Tadbirda kasaba uyuşmalari tizimida mehnat qilayotgan bir guruh faollarga “Ehtirom” nişoni, “Faxriy yorliq”, “Taşakkurnoma” va esdalik sovğalari topşirildi.
Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar esa davraga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri