Ushbu maktab faoliyati sohaga endigina kirib kelayotgan yoki kirish istagida boʻlgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, tajriba almashishi, bilim koʻnikmasi va huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Oʻzbekiston Eksportchilar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi rahbari Sardor Gʻafforov viloyatda eksport salohiyatini oshirish, sohaga yangi innovatsiyalarni jalb etish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Eksport-import” maktabini tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqda.

Maktab negizida har hafta amaliy seminarlar tashkil etish orqali ularning muammolarini oʻrganish, talab va takliflaridan kelib chiqib masʼul tashkilot vakillarining treninglarini yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.

Eʼtiborlisi, Navoiy viloyati tajribasi tariqasida tashkil etilishi rejalashtirilgan bu maktab eksportchilar oʻrtasida “Ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirishda muhim qadam boʻladi.

— Eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar mahsulot eksporti uchun qonunchilikda belgilangan tartibda 10 ga yaqin tashkilotlarga murojaat qiladi. Bu tashkilotlar esa turli hududlarda joylashgan, — deydi uyushma rahbari Sardor Gʻafforov. — Bu esa oʻz navbatida eksportchilarning ham vaqtdan, ham mablagʻdan yutqazishiga olib kelayapti. Yoʻqotilgan vaqt, qolaversa ortiqcha sarsongarchilik biznes vakillariga noqulayliklar tugʻdiradi, albatta. Bu borada Eksportchilar uyushmasiga ham tadbirkorlardan turli murojaatlar kelib tushdi. Ularning takliflarini inobatga olib, eksport qilinadigan tovarlarni sertifikatsiyalash va bojxona rasmiylashtiruviga muvofiq yagona shakl boʻyicha arizani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni bir joyda qabul qilish va tadbirkorlarning vaqtini, mablagʻini tejash maqsadida Navoiy viloyati Eksporchilar uyushmasi huzurida “Bir darcha” markazini tashkil etishga kirishdik. Eng muhimi, bu tashabbusga eksportchi tadbirkorlar ham xayrixoh boʻlmoqda.

Yosh va tashabbuskor uyushma rahbari Sardor Gʻafforovning asosiy maqsadi yangi loyiha orqali viloyat eksport salohiyatini oshirishga hissa qoʻshish, tadbirkorlarga qulaylik yaratish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda “Eksport – import” maktabi tashkil etiladi
Жамият
12:30 / 25:09:2020