Navoiy shahrida “O‘zbekiston yoshlar forumi 2021” doirasida “Coworking” markazi ochildi.

Navoiy viloyatida “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” doirasida “Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish”, “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, intellektual salohiyatli faol va tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash”, “Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni yanada rivojlantirish, ularni “IT” va xorijiy tillarni o‘rganishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash”, “Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish orqali yuksak madaniyatli va vatanparvar yoshlar harakatlarini tashkil etish” hamda “Yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

“Coworking” markazi ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi N.Tursunov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev hamda Navoiy shahar sektor rahbarlari, yoshlar, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qariyb 17 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan mazkur zamonaviy markazda yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplar va loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak berish, biznes rejalar ishlab chiqish, yuridik maslahatlar va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish kabi 26 turdagi yo‘nalishlar amalga oshiriladi.

Mazkur biznes markazida 20 nafar yosh tadbirkor o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, zamonaviy ofislarga ega bo‘ldi. Shuningdek, “Coworking” markazining yuqori qavatlarida mehmonxona ham tashkil etilgan. Bu yerda yosh tadbirkorlar biznes hamkorlarini, chet ellik mehmonlar bilan tajriba almashishlari mumkin.

[gallery-5133]

Mamlakatimiz rahbari 2019 yilgi Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat yoshlarining ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan Navoiy shahrida “Coworking” markazi hamda Nurota va Tomdi tumanlarida “Yoshlar mehnat guzarlari” savdo kompleksi faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini bergan edi.

bugungi kunga qadar Davlat dasturiga asosan Nurota hamda Tomdi tumanlarida “Yoshlar mehnat guzari” savdo komplekslari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yosh tadbirkorlar uchun xizmat xonalari, tikuvchilik, sartaroshlik, umumiy ovqatlanishob’ektlari,o‘quv markazlari, xizmat ko‘rsatish faoliyatlari turlari yo‘lga quyildi, mazkur komplekslarda 25 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida tuman shahar hokimlari tomonidan yosh tadbirkorlargato‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari qurilishi uchun yer maydonlari ajratilishi natijasida viloyatda 22 ta mazkur ob’ektlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturiga asosan Navoiy viloyatida 2018-2020 yillar davomida Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha tasdiqlangan manzilli dasturlarga asosan, 398 nafar yoshlarga umumiy qiymati 105 milliard 806 million so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilishi natijasida 2045 nafar yoshlarning doimiy ish bilan bandligi ta’minlandi.

Navoiyda shahar qiyofasiga yangicha ko‘rk bag‘ishlagan, zamonaviy arxitekturaning yutuqlarini jamlagan “Coworking” markazining yosh tadbirkorlar ixtiyoriga topshirilishi ham yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning bir ko‘rinishidir.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda “Coworking” markazi ish boshladi