O‘zbekiston energetika tizimini zamonaviylashtirish va barqaror elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshib borayotgan bir paytda, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi hududida quvvati 650 megavatt bo‘lgan yangi bug‘-gaz qurilmasining qurilishi strategik ahamiyat kasb etadi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning investitsiya dasturi doirasida "Navoiy IES" AJdagi 650 megavatt quvvatga ega uchinchi bug‘-gaz qurilmasini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Loyihaning bosh pudratchilari sifatida Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Power Ltd.” kompaniyalari konsorsiumi faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi subpudratchi sifatida qurilish ishlariga jalb etilgan.

Ayni paytda qurilish maydonida 1 000 nafarga yaqin mutaxassis, ya’ni 750 nafar mahalliy va 250 nafar xorijiy injener-texnik xodim mehnat qilmoqda. Jarayonlarga 139 ta maxsus texnika jalb etilgan. Gaz va bug‘ turbinalari, generatorlar, qozon qurilmalari hamda boshqa asosiy va yordamchi energoqurilmalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan binolar barpo etilmoqda.

Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, loyiha 2026 yilda to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. U ishga tushgach, mamlakat energetika tizimiga yiliga 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi va 200 gigakaloriya issiqlik energiyasi qo‘shilishi kutilmoqda.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda 650 megavattli yangi bug‘-gaz qurilmasi barpo etilmoqda