O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan viloyat tuman-shahar bosma nashrlari bosh muharrirlari uchun o‘zaro tajriba almashish loyihasi doirasida tajribasi”ni keng targ‘ib etish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tajriba almashish ilk bor “Qiziltepa tongi” gazetasidan boshlandi.

“Qiziltepa tongi” gazetasi 86 yildan buyon uzluksiz ravishda chop etilib, nafaqat viloyat, balki respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh jurnalistlar uchun mahorat maktabini o‘tagan. Ayni paytda 6700 nusxada chop etilayotgan gazetaga kelgusi yil uchun 7300 dona obuna tashkil etilgan. Uchrashuvda “Qiziltepa tongi” gazetasi bosh muharriri, faxriy jurnalist Rahim Maqsudov gazetachilik maktabi, tahririyatda ijodiy jamoa uchun yaratilgan muhit, obunani tashkil etishdagi o‘zgacha yondashuv, uning gazetxonlarga yetkazilish jarayoni haqida batafsil to‘xtaldi.

– Bu tadbir bahona “Qiziltepa tongi” gazetasida bo‘lib, tahririyatning ish jarayonlari, orttirilgan tajribalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik, – deydi “Xatirchi hayoti” gazetasi bosh muharriri Anvar Hosilov. – Darhaqiqat, bugun “Qiziltepa tongi” gazetasining o‘z ovozi, tahriririyat xodimlarining o‘tli qalami bor. Qolaversa, gazeta muharririning katta hayot tajribasiga ega ekanligi, tahririyatda o‘ziga xos mahorat maktabi yaratganligi alohida e’tirofga loyiq. Biz bugungi uchrashuvda o‘zimiz uchun juda ko‘p amaliy ko‘nikmalar oldik. Eng muhimi, viloyatimiz bosma nashrlari muharrirlarining o‘zaro diydorlashuvi va fikr almashish imkoniyati yaratilganligi yanada ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir doirasida barcha ijodkorlar Qiziltepa tuman hokimining o‘rinbosari R.Xudoyberdiyev qabulida bo‘lib, hududda bosma nashrlarga qaratilayotgan e’tibor, kelajakdagi hamkorlik xususida fikrlashdi.  

“Qiziltepa tongi” gazetasi huzurida tashkil etilgan “Yosh jurnalistlar maktabi” a’zolariga “Mahorat darslari” tashkil etilib, jurnalistikaning o‘ziga xos xususiyatlari hayotiy misollar bilan so‘zlab berildi.

– Tahririyatda o‘ziga xos tizim va ijodiy muhit yaratilgan, – deydi “Karmana ovozi” gazetasi bosh muharriri Abduholiq Jo‘rayev. – Bugun tajribali ustozlardan o‘zimizga ma’naviy kuch oldik. Gazetachilik mahorati bo‘yicha yana bir bor saboq chiqardik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday amaliy tadbirlar ko‘proq tashkil etilishi tarafdorimiz.

Tadbir doirasida “Qiziltepa tongi” gazetasi tomonidan tashkil etilgan tanlov g‘oliblariga tahririyatning diplom va esdalik sovg‘alari ham topshirildi. Bosh muharrirlarga esa “Qiziltepa tumani: kecha va bugun” kitob-albomi sovg‘a qilindi.

Shuningdek, hamkorlikning yangi bosqichi ramzi sifatida jurnalistlar tomonidan tahririyat binosi oldidagi maydonga “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bu kabi “Mahorat darslari” va o‘zaro tajriba almashish loyihasi an’anaviy tarzda boshqa tuman-shahar gazetalarida ham davom ettirish rejalashtirilgan.

Ozod Mustafoyev,  

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Navoiy viloyati bo‘limi mutaxassisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatidagi bosma nashrlar muharrirlari Qiziltepa gazetasi tahririyatida