Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari tomonidan 2024 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Dastlab Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Otabek To‘xtayev o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.  

Ta’kidlanganidek, viloyatdagi 10 ming 905 gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratilgan bo‘lib, shundan 10 ming 861 gektar yer maydoni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yer maydonlarining bo‘linishi, chegaralari va yerga oid barcha ma’lumotlar elektron xaritalarda shakllantirilgan bo‘lib, barcha yerdan foydalanuvchilarning huquqlari kafolatlangan, yer va mulk soliqlarining hisoblanishi hamda to‘lanishida shaffoflik tamoyillari ta’minlangan.  

[gallery-18520]

– Hech kimga sir emas, hozirgi kunda fuqarolarimizning ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabi kun sayin ortmoqda, – deydi O.To‘xtayev. – Birgina jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan turarjoy ob’ektlari soni yil boshida 260 ming 685 tani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning 1 iyul holatiga 263 ming 185 taga yetgan. Tuman va shahar filiallarimizga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - my.gov.uz orqali kadastr hujjatini tayyorlash bo‘yicha 13 ming 794 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar asosida 8 ming 736 ta jismoniy va yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etildi.  

Bundan tashqari, Navoiy viloyatida 6 oy ichida yer uchastkasini xususiylashtirish bo‘yicha 916 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, 190 ta arizaga ijobiy xulosa berilib, xususiylashtirish to‘g‘risida order shakllantirilgan. 718 ta arizaga rad javobi berilgan bo‘lsa, 8 ta ariza ko‘rib chiqish jarayonida.  

Matbuot anjumanida Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar ham tahlil qilindi.  

– Viloyat bo‘yicha 756 ta holatda jami 67,9 gektar yer maydonlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan, – deydi Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshliq o‘rinbosari Elbek Eshpo‘latov. – Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan huquqbuzarlik sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga 756 ta holatda yozma ko‘rsatma berilgan hamda ma’muriy jazoga tortish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shundan 526 ta holatda huquqbuzarlik sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer maydoni qaytarilishi ta’minlangan, 45 ta holatda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmaganligi sababli sudga da’vo arizalari kiritildi va 2 ta holatda hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan. Shuningdek, ayni paytda 183 ta holatdagi hujjatlar ko‘rib chiqish jarayonida.  

Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi.  

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida 10 ming 905 gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratilgan