“Mahalla” xayriya jamoat fondi G‘ozg‘on shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan Prezidentimizning 2023 yilning 21 martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida iftorlik dasturxonlari yozildi.
Shahardagi mavjud 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan iftorliklarda kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turuvchi oilalar vakillari, ro‘zador nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etdi.

Karmana tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Unda tuman tibbiyot birlashmasining “Zukkolar”, tuman ichki ishlar bo‘limining “Bilimdonlar”, harbiy qismning “Tafakkur” va Karmana kasb-hunar maktabining “Ma’rifat” jamoalari o‘zaro bellashdi. Qiziqarli o‘tgan bilimdonlar o‘yinida tuman ichki ishlar bo‘limining “Bilimdonlar” jamoasi g‘olib bo‘ldi.



Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 aprel holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 ming 506 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) ni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatgich jami korxonalarning 15,5 foiziga teng. Shundan kichik biznes sub’ektlariga tegishli korxonalar soni 3 ming 481 taga teng.
Hududlar kesimida eng ko‘p faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari Navoiy va Zarafshon shaharlari, Karmana va Qiziltepa tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Zarafshon shahridagi 17-davlat maktabgacha ta’lim muassasasida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda shahar IIB JXX YHXB xodimlari ishtirok etib, bolalarga mazkur dastur mazmuni haqida so‘zlab berdi. Mashg‘ulot xonasida yo‘l va chorrahalarda harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida yo‘l belgilari va piyodalarning majburiyatlari turli o‘yinlar orqali tushuntirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA