Navoiy viloyati: tarix, tabiat va zamonaviy turizm uyğunligi
Navoiy viloyati nafaqat sanoat salohiyati, balki boy tarixiy merosi, betakror tabiati va zamonaviy turistik maskanlari bilan ham eʼtiborni tortmoqda. Hududda tarixiy-madaniy, ekologik, etno va safar turizmini rivojlantiriş, mahalliy hamda xorijiy sayyohlar uçun yangi yönalişlarni ommalaştiriş borasida keng imkoniyatlar mavjud.
2026-yil 26–28-oktabr kunlari xalqaro va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar iştirokida taşkil etilgan infotur davomida viloyatning qator sayyohlik obʼektlari bilan tanişildi.
Sayohatning dastlabki manzillaridan biri Sarmişsoy muzey-qöriqxonasi böldi. Qoratoğ tizimi bağridagi uşbu maskan qadimiy qoyatoş suratlari — petrogliflari bilan maşhur. Ularda ajdodlarimizning turmuş tarzi, ovçilik faoliyati, hayvonot olami va dunyoqaraşiga oid tasvirlar aks etgan. Uşbu maskan tarixga qiziquvçilar, tadqiqotçilar va sayyohlar uçun öziga xos oçiq osmon ostidagi muzeydir.
Nurota tumanidagi Kattasoy va Kiçiksoy hududlari esa toğ tabiati, qişloq hayoti va etnoturizm imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, 2026-yil 25-avgustda “Turizm qişloği” maqomini olgan Kiçiksoyda 20 ta oilaviy mehmon uyi faoliyat yuritmoqda. Bu yerda 15 turdagi turistik xizmat yölga qöyilgan bölib, qariyb 150 nafar mahalliy aholi doimiy iş bilan taʼminlangan.
Viloyatning yana bir öziga xos jihati, Qizilqum çölining sayyohlik imkoniyatlaridir. Qizilqum Safari va Konimex tumanidagi “Uzbekistan for you” kabi maskanlar sayyohlarga sahro tabiatini yaqindan his etiş, ötovlarda tunaş, tuya sayri va milliy anʼanalar bilan tanişiş imkonini beradi. Bunday yönalişlar sarguzaşt va ekologik turizmni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aydarköl böyidagi Golden Safari dam oliş maskani ham tabiat qöynida hordiq çiqarişni istaganlar uçun jozibador manzillardan biri hisoblanadi. Moviy köl, bepoyon sahro va ötovli oromgohlar uyğunligi hududga öziga xos sayyohlik muhitini baxş etadi.
Navoiy viloyatining tarixiy merosi haqida söz borganda, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardoba tarixiy obidasini alohida taʼkidlaş lozim. XI asrga oid Raboti Malik Buyuk Ipak yöli tarixidan hikoya qiluvçi meʼmoriy yodgorlik bölsa, uning yaqinidagi Sardoba qadimda karvonlar va yölovçilarni suv bilan taʼminlaşda muhim vazifani bajargan.
Karmana tumanidagi Malik Karvon Family Park esa zamonaviy turizm infratuzilmasining namunasidir. Tört gektar maydonni egallagan majmua uçun 8 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya yönaltirilgan. Bu yerda oilaviy dam oliş, köngiloçar xizmatlar, tropik va subtropik boğlar hamda agroturizm imkoniyatlari mujassam. Loyiha doirasida 150 ta yangi iş örni yaratiş belgilangan.
Infoturning yana bir manzili Köhna Karmana böldi. Xususan, Qosim Şayx majmuasi hududning köp asrlik tarixi, meʼmoriy anʼanalari va maʼnaviy merosini özida mujassam etgan. Uşbu maskan ziyorat va tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirişda muhim örin tutadi.
Umuman, Navoiy viloyatidagi mazkur manzillar bir-birini töldiruvçi turistik yönalişlarni şakllantiriş imkonini beradi. Qadimiy tarix, milliy anʼanalar, çöl va köl tabiati, zamonaviy dam oliş maskanlarining uyğunligi hududning sayyohlik jozibadorligini yanada oşiradi.
Bunday infoturlar esa viloyatning mavjud imkoniyatlarini keng jamoatçilikka tanitiş, yangi sayyohlik yönalişlarini ommalaştiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va mahalliy aholi bandligini oşirişga xizmat qiladi.
Nozimbek Mardonov, O.Davronov,
I.Ismatov, ÖzA