“Navoiy viloyati IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Navoiy shahrida “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tashabbusi bilan yosh avlod orasida boks sportini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish hamda ularning mahoratlarini oshirish maqsadida “Navoiy viloyati IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Unda Navoiy viloyatidan tashqari Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridan 2011-2012-yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘z vazn toifalarida ishtirok etdi.
Qizg‘in bahslar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Navoiy viloyati jamoasi yoshlari 1-, Buxoro viloyati jamoasi 2- va Jizzax viloyati jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri