Turkiyada bo‘lib turgan Navoiy shahri hokimi Dilmurod Ergashev hamda Zaytunburn shahri hokimi Omer Arisoy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda memorandum imzolandi.

Natijada Zaytunburn va Navoiy shahri o‘zaro birodar shaharga aylandi.  

Navoiy shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, madaniy, iqtisodiy va investitsion hamkorlik hamda boshqa sohalarda do‘stona aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Zaytunburn shahri aholisiasosan turklar, lekin boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Shahar infratuzilmasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, transport, sog‘liqni saqlash va ta’limtizimi juda yaxshi tashkil etilgan. Bu hududda ko‘plab savdo markazlari, restoran,kafe va madaniyat markazlari hamda 6 ta universitet joylashgan.

Ushbu memorandum imzolanishi bilan Zaytunburn va Navoiy shaharlari o‘rtasida do‘stona aloqalar mustahkamlanib, kelajakda turli ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun asos yaratildi.

Birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlik ikki tomonlama aloqalarni yanada kuchaytirib, nafaqat shaharlarga, balki ularning aholisi uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy va Zaytunburn o‘zaro birodar shaharga aylandi