Navoiy shahrida yangi markaz
Raqamli texnologiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy shu’basi hamda IT Park Navoiy filiali hamkorligida Navoiy shahrida yangi markaz (“Haul World Transportation Navoiy” MCHJ) o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur kompaniya masofadan turib autsorsing xizmatini ko‘rsatadi. Hozir 6 nafar ishchi o‘rni bilan yaratilgan ushbu masofaviy xizmatlar ko‘rsatish markazi yaqin olti oy ichida ishchi o‘rinlar sonini 20 taga yetkazishni rejalashtirgan.

Shu bilan birga, bu markaz maktab tashkil etish orqali 30 nafardan ortiq yoshni kasbga o‘rgatish va qisqa vaqt ichida ish bilan ta’minlashni ko‘zda tutmoqda.
Kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar Navoiy viloyati eksport ko‘rsatkichlari oshishiga ham xizmat qiladi. Bu esa viloyat yoshlarining IT sohasida bilimlarni chuqur egallashlariga zamin yaratadi.
N.Rahmonova, O‘zA