Vatanimiz tarixidagi 22 iyun sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1498 yil (bundan 527 yil oldin) – mashhur tarixchi Mirxond vafot etdi (tavalludi 1433 yil). Uning otasi Burhonuddin Xovandshoh buxorolik bo‘lib, Balxga ko‘chib ketgan. Mirxond shu yerda tug‘ilib, keyin Hirotda yashagan. Alisher Navoiyning adabiy to‘garagida qatnashgan. Uning nabirasi Xondamirning guvohlik berishicha, Mirxond Alisher Navoiy bilan uchrashguncha turli ilmlar bilan shug‘ullangan, ammo birontasida muta’yin emas edi. Tarixchi Alisher Navoiy bilan uchrashgach, shoir o‘zining “Ixlosiya” xonaqohidan unga alohida xona ajratib, shaxsiy kutubxonasidagi kitoblardan foydalanishga ijozat berib, olimni umumiy tarixga oid katta asar yozishga undagan, uni bu sohada doimo moddiy qo‘llab turgan. Ammo Mirxond ulkan asarini mukammal tugata olmay, yettinchi jildi va jug‘rofiy ilova materiallari yig‘ilgan holida 1497 yil og‘ir kasallikka chalinib, yotib qoldi va 1498 yilning 22 iyun kuni vafot etdi. Uning asarini nabirasi G‘iyosiddin Xondamir yakuniga yetkazadi.

1927 yil (bundan 98 yil oldin) – Buxoro madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan ta’mirlangan Ko‘kaldosh madrasasida muzey ochildi va yangi ekspozitsiya (ko‘rgazma) tashkil qilindi. Ekspozitsiya uchun to‘rtta xona ajratilib, ikkitasi xodimlarga berildi. 

Tarixchi A.Boltayevning qayd etishicha, arxeologiya bo‘limi bitta xonaga joylashtirilib, unda asosan arxeologik ashyolar, sopol buyumlar, Samarqanddan keltirilgan ossuariylar o‘rin olgan. Eng qimmatli eksponat marmardan qilingan bo‘lib, u XIV asrga oid Shayx Sayfiddin Boxarziy qabrtoshi edi. Bu yodgorlik 1926 yilning kuzida muzeyga keltirilgan edi. 

Buxoro vohasiga tegishli hunarmandchilik ashyolari etnografiya bo‘limidan o‘rin olgan. Tabiat bo‘limida vohaga yashaydigan 70 ta hayvon (fauna) eksponati joylashtirilib, bu bo‘limdagi asosiy eksponatlar Samarqand muzeyidan keltirildi. Jami 600 dan ortiq eksponat uchta bo‘limga qo‘yilgan. Muzeyga 1927 yil iyundan to dekabr oyining oxirigacha 6 ming 579 tomoshabin tashrif buyurgan. Har bir tomoshabinning muzeyga kirishi 20 tiyin, musulmon ayollari va qizil armiya askarlari uchun esa bepul qilib belgilangan. 

1941 yil (bundan 84 yil oldin) – yakshanba kuni tongotarida avgust shartnomasini buzib, fashistlar Germaniyasi SSSRga hujum boshladi. Germaniya bilan uning ittifoqchilari – Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirdi. Bu urushga majburan tortilgan Sovet Ittifoqi xalqlari mustamlaka asoratida bo‘lgan barcha respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston xalqlari uchun og‘ir sinovlar vaqti va ularning fashist bosqinchilarga qarshi fidokorona kurashi boshlandi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish va Navoiy tumanining yangi markazini qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – Angren–Pop elektrlashtirilgan poyezd qatnovi ishga tushirildi. Farg‘ona vodiysidagi Angren–Pop temir yo‘lining qurilishi butun O‘zbekiston hududlarini qamrab oladigan yagona milliy temir yo‘l tarmog‘i barpo etilishiga olib keldi. 

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, osoyishtalikni va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ma’lumki, loyihasi O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ushbu hujjat BMTning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan. Shunisi ham e’tiborga loyiqki, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikadagi 55 mamlakat, shu jumladan, Avstraliya, Avstriya, Afg‘oniston, Belarus, Germaniya, Italiya, Hindiston, Indoneziya, Kanada, Nigeriya, Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya Respublikasi, Singapur, Turkiya, Shveysariya, Ekvador singari bir qator davlatlar yuqoridagi rezolyutsiyaning hammualliflariga aylandi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga «E-qaror» elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy qaysi mashhur muarrixni umumiy tarixga oid asar yozishga undagan?