Mamlakatimizda Amir Nizomiddin Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.
Bu buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi 1441 yili tug‘ilib, 1501 yili vafot etgan. U asosan turkiy, qisman esa forsiy tilda ijod qildi.
Shoir o‘sha davr adabiyotining qariyb barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘rdi. 1483 ‒ 1485 yillarda “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ayi sayyor” “Saddi Iskandariy” dostonlarini qamrab olgan ilk turkiy “Xamsa”ni yaratdi.
Alisher Navoiy asarlari Yer yuzining ko‘plab tillariga tarjima qilingan. E’tiboringizga hazrat Navoiyning g‘azallaridan olingan parchani ingliz tilida taqdim etamiz.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YIVl_Ku1akE" title="Navoiy millatimizning maʼnaviy quyoshi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>