Navoiyda Xitoy davlatidan keltirilgan avtobuslar aniq yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlana boshladi.

So‘nggi yillarda yurtimizda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal vazifasini bajarmoqda.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zmilliybank” AJ Navoiy viloyat Bosh boshqarmasi hamda tashabbuskorlar bilan birgalikda Xitoy davlat Taraqqiyot banki xorijiy kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan 60 ta avtobus xarid qilindi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 130 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Birinchi bosqichda 18 ta avtobus 2 ta yo‘nalishda – “Navoiy” avtovokzali – viloyat Avto yo‘l boshqarmasi” va Tinchlik qo‘rg‘oni – “Malika” avtostansiyasi yo‘nalishlarida harakatlanib bir kunda 10 mingga yaqin yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Ikkinchi bosqichda joriy yilning may oyiga qadar yana 42 ta avtobus olib kelinib, aniq yo‘nalishlarda qatnay boshlaydi. Natijada 17 mingdan ortiq yo‘lovchilarni tashish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida avtobuslarda zamonaviy elektron tizim o‘rnatilgan. 

Viloyat hokimi qaroriga asosan bir yo‘lovchi to‘lovni bank plastik kartalari va jamoat transporti kartalari orqali bir soat mobaynida birinchi to‘lovni amalga oshirganda 1600 so‘m, ikkinchi to‘lovni amalga oshirganda 1000 so‘m, uchinchi va keyingi to‘lovlar bepul qilib belgilangan. Naqd pulda esa yo‘l haqi miqdori 2000 ming so‘m.

Ushbu avtobuslarning yo‘nalishlarda to‘liq harakatlana boshlashi natijasida shahar aholisining jamoat transportidan foydalanish darajasi o‘rtacha 19 foizdan 70 foizga yetkaziladi hamda avtobuslar oraliq intervali 25-30 daqiqadan 8-10 daqiqaga qisqartiriladi.

Avtobuslarning belgilangan tartibda muntazam harakatlanishini nazorat qilish maqsadida viloyat Transport boshqarmasida avtomatlashtirilgan dispetcherlik markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Navoiy shahrining Islom Karimov, Amir Temur, Me’morlar va G‘alaba ko‘chalarida jami 7 km alohida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy ko‘chalarida yangi avtobuslar harakatlana boshladi