Alisher Navoiy - o‘zbek adabiyotini jahoniy mavqeyga ko‘tara olgan dunyodagi barmoq bilan sanarli ulug‘ shoirlardan biri. Bunday ijodkorlarning nomi, haqli ravishda, ular mansub bo‘lgan xalq nomi bilan chambarchas bog‘lanib qoladi. Shu bois Alisher Navoiyning bu qutlug‘ nomi tilga olinganda o‘zbek xalqi, shu xalq nomi eslanganda esa aynan ana shu ulug‘ shoirning nurli qiyofasi ko‘z oldimizda gavdalanadi.

 Buni muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 23 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida so‘zlagan nutqi misolida ham ko‘rish mumkin. Dunyo jamoatchiligining e’tiborini tortgan bu ma’ruzaga nisbatan Turkiya Prezidenti R.T.Erdo‘g‘an o‘z munosabatini bildirarkan, u O‘zbekiston Prezidentining Navoiy tilida gapirganini iftixor bilan e’tirof etgan edi. Shu yilning 19 oktyabrida Prezidentimizning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 4865-sonli qarori e’lon qilindi.  Bu esa o‘z navbatida “o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, Yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallagan”, nomi xalqimiz nomi bilan abadiy rishtalarda  bog‘langan buyuk shoirga nisbatan chinakam ehtiromning bir nishonasi bo‘ldi.  

Milliy istiqlolimiz sharofati bilan ulug‘ o‘zbek shoiri boy ma’naviy merosining asl sarchashmalaridan kelib chiqib tadqiq etish imkoniyati yaratildi. Bu esa undagi milliy qadriyatlarimiz asosida insonni komillik rutbasida ko‘rishdek oliy maqsad ramzlar vositasida tasvirlanganini anglab yetish imkonini paydo qildi. Alisher Navoiy ijodi nafaqat muallif adabiy niyatining ulug‘vorligi bilan, balki ana shu buyuklikka nihoyatda munosib yaratilgan ko‘rkam libos yanglig‘ badiiy kashfiyotlarning mo‘’jizakorligi bilan ham hayratlanarlidir. Shu bois ulug‘ shoir nazmu nasrining bayt, bandu jumlalaridagi nozik ishoralarni teran mushohadakorlik asosida anglash kitobxon ruhini oniyda seskanishiga, tuyg‘ularining jumbushga kelishiga omil bo‘ladi. Aynan ana shunday lahzalar ulug‘ shoirning inson nihoyatda ulug‘ xilqat, u o‘zini anglab, o‘ziga qaytishi bilan buni teran idrok eta oladi, u razolat botqog‘ida mangu qolmay, komillik pillapoyalaridan ildamlab, komil jamiyat barpo eta oladi, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish johillikni mahv etadi, degan nihoyatda ilg‘or qarashlariga oshno bo‘lishiga bois bo‘ladi. Bunday saodatni bugungi kitobxonga taqdim etish uchun Alisher Navoiy asarlarining sarchashmalariga tayanilgan yangicha talqinlarga ehtiyoj oshib bormoqda. Shu bois keyingi yillarda Istiqlolimiz sharofati bilan Alisher Navoiy ijodini ilmiy tadqiq etishga qaratilgan e’tiborning tizimli ravishda oshirilib borilgani kuzatiladi. Muhtaram Prezidentimizning yuqorida nomi keltirilgan qarorlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondining tashkil etilgani fikrimizning yorqin dalilidir. Tabiiyki, bunday e’tibor o‘zining samarasi bilan jozibalidir. Samarani esa 2017-2022 yillarda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 raqamli Ilmiy kengashda himoya qilingan dissertatsiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Shu yillar davomida ixtisoslashgan Ilmiy kengashda bevosita Alisher Navoiyning ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yoinki o‘zbek mumtoz adabiyotining muayyan bir jihatlari tadqiq etilganda, uning salmoqli qismini aynan Alisher Navoiy ijodi tashkil etgan 13 ta dissertatsiyaning muvaffaqiyatli himoyasi bo‘lib o‘tdi.  

Alisher Navoiy ijodi xususida so‘z aytish mas’uliyati nihoyatda og‘ir. Uning adabiy merosining yangicha talqinlarini ilm ahli oldida himoya qilish esa yillar davomida tunni kunga ulab, qalb ko‘zi bilan ulug‘ shoir ijodini o‘rganishni talab etadi. Xususan, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalar ana shunday teran nigohu ilmiy mushohadakorlik mahsuli sanaladi. U.U.Qobilovning “O‘zbek adabiyotida nubuvvat motivi va obrazlari talqini”, H.P.Eshonqulovning “Alisher Navoiy g‘azaliyotida ishq poetikasining qiyosiy-tipologik tahlili”, N.J.Bekovaning “Alisher Navoiy forsiy merosining janriy xususiyatlari va badiiyati” nomli filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan fundamental tadqiqotlari mualliflarning shu kabi fazilatlarga ega ilmiy izlanishlarining samarasidir. U.Qobilov dissertatsiyasida Navoiy ijodi misolida nubuvvat motivi va obrazlar talqini masalasi ancha mufassal o‘rganilgan. Besh bobdan tarkib topgan dissertatsiyaning “Nubuvvat maqomi va ilmiy-ma’rifiy ta’rif” nomli dastlabki bobidayoq muayyan nazariy masalalarni yoritishda o‘rni-o‘rni bilan Alisher Navoiy asarlariga murojaat etilganligi kuzatiladi. Bu hol boblar silsilasida tadrijiy rivojlanib borganligi ko‘zga tashlanadi. “Nubuvvat silsilasi va majoziy-ramziy ifodalar” nomli ishning beshinchi bobi to‘laligicha Alisher Navoiy she’riyati misolida amalga oshiriladi. Bu bilan U.Qobilov Sharq, jumladan, o‘zbek she’riyatida Alisher Navoiydan oldin ham, keyin ham nabiylar obrazi “ko‘p va xo‘p” tavsif etilmaganligini aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tadi va majoziy-ramziy ifodalarning mohiyatini teran tahlil qilishga erishadi. Tadqiqotchi masalaning nozik jihatlarini Qur’oni karim va Hadisi shariflar misolida yoritishga harakat qilgan. Ayni holat H.Eshonqulov dissertatsiyasida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. U ishqning irfoniy mohiyat kasb etishini aynan mana shu manbalar va ulug‘ mutasavviflarning fikrlariga tayangan holda Alisher Navoiy va Hofiz Sheroziy g‘azaliyoti misolida qiyosiy-tipologik sathda tadqiq etgan. Dissertant ishq mavzusining islomgacha va uning ilk shakllanish bosqichidagi talqinlari, ishqning islomiy-irfoniy mohiyati va rivojlanish  omillari, badiiy-tadrijiy takomil qirralari xususida so‘z yuritadi. Dissertatsiyada ishq mavzusining  tasavvufiy adabiyotda, xususan Alisher Navoiy ijodida tutgan o‘rni va uning poetik tadrijiy talqini, irfoniy mohiyat kasb etishining tayanch g‘oyaviy omillari tahlillar asosida muayyanlashtiriladi. Alisher Navoiyning o‘zbek tilidagi oshiqona g‘azallarida tariqat g‘oyalarining poetik talqini, ramziy obrazlar tizimi, ularning tavsif va tasniflari, ulug‘ shoir oshiqona g‘azallarining kompozitsion va lingvopoetik xususiyatlari buyuk salaf shoir Xo‘ja Hofiz Sheroziy g‘azallari bilan qiyosiy-tipologik sathda tadqiq etiladi. N.Bekova dissertatsiyasi esa ulug‘ shoir ijodida nisbatan kam o‘rganilgan “Devoni Foniy”ning poetik xususiyatlariga qaratilgani bilan e’tiborga loyiqdir. Unda Alisher Navoiyning forsiyda bitilgan lirik merosi “Xazoyin ul-maoniy”dagi shunday nazm namunalari bilan ham qiyosiy tadqiq etiladi. E’tiborli jihati shundaki, dissertatsiyada ulug‘ shoirning o‘zbek va fors-tojik tilida bitilgan nazm namunalaridagi shakliy va mazmuniy uyg‘unliklarning mavjudligi qiyosiy tahlilllar asosida ko‘rsatib o‘tilgan.      

Shu yillar davomida ixtisoslashgan Ilmiy kengashda O.Davlatov, R.Jumayev, I.Pardayeva, M.Hasanova, Z.G‘afforova, E.Nasrullayev, Z.Quvonov, R.Jabborov, N.Sharipova, D.Nazarovalarning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari ham muvaffaqiyatli himoya qilindi. O.Davlatovning “Alisher Navoiy she’riyatida Qur’on oyatlari va hadislarning badiiy talqini”,  Z.G‘afforovaning “Alisher Navoiy hamd va na’t g‘azallarining g‘oyaviy-badiiy tahlili” nomli dissertatsiyalarida ulug‘ shoirning islomiy sarchashmalardan foydalanishdagi badiiy mahorati tahlil etilib, uning ramziy mohiyati xususida so‘z yuritiladi. Masalaning bunday qo‘yilishi ulug‘ shoir dunyoqarashiga yaqinlashishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, O.Davlatovning dissertatsiyasida Qur’oni karim oyatlari va hadislardan foydalanishdagi shoirning mahorati, o‘ziga xosliklari teran o‘rganilganligi kuzatiladi. Z.G‘afforova esa “Xazoyin ul-maoniy”da 37 ta na’t g‘azal borligiga aniqlik kiritadi. Ularning devonlardan o‘rin olishidagi tizimlilik va devonlararo uyg‘unlikning mavjudligi, “Favoyid ul-kibar”dagi 650-g‘azalning ham na’t mavzusida ekanligiga e’tibor qaratganligi dissertantning masalaga teran nigoh bilan munosabatda bo‘lganligidan dalolat beradi.  R.Jumayev dissertatsiyasida tasavvufiy mohiyat kasb etuvchi Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi Ma’naviy” asaridagi hikoyatlar Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi shunday asarlar bilan qiyosiy o‘rganilib, g‘oyaviy-badiiy jihatdan mushtarak va tafovutli jihatlar tahlilga tortiladi. Ta’kidlash lozimki, tadqiqotchi bir muncha murakkab masala mohiyatini yetarlicha anglab o‘z mulohazalarini asoslashga harakat qilgan.  

Alisher Navoiyning badiiy mahorati, uning o‘ziga xos badiiy kashfiyotlarining sirini teran o‘rganish navoiyshunoslikni qiziqtirib kelayotgan eng muhim masalalaridan biridir. O‘tmishda badiiy ijod va tarixnavislikning uyg‘un holatda tarixiy asarlarda namoyon bo‘lgani I.Pardayeva dissertatsiyasida Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi muluki Ajam” asarlari misolida o‘rganilgan. Tadqiqotchi bu ikki asarni “Zubdat ul-tavorix”ning tarkibiy qismlari ekanligini asoslashga harakat qiladi.  N.Sharipova esa ulug‘ shoirning poetik mahorati masalasini “Xamsa”ning dastlabki dostoni “Hayrat ul-abror” misolida tadqiq etadi. Dissertant dostonning o‘ziga xos kompozitsiyasi, obrazlar olamiga oid muhim umumlashma-xulosalarni tahlillar asosida dalillashga harakat qilgan. Xususan, N.Sharipova Alisher Navoiy dostonidagi “Ko‘ngil ta’rifida” va uch hayrat bilan bog‘liq boblarni Jomiyning “Tuhfat ul-ahror” dostonidagi “Xilvat” va “Uch pir suhbatlari” bilan qiyosiy sathda tahlil etib, Alisher Navoiy hayratlari mazmun va g‘oyada ham, shakl va san’atkorlikda ham yuksak darajada ekanligini ma’lum qiladi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy asarlarini qiyosiy sathda o‘rganish ularda qo‘yilgan masala mohiyatini imkon qadar chuqur anglash imkonini beradi. Ayni jihatiga ko‘ra D.Nazarovaning “Subhat ul-abror” va “Hayrat ul-abror” dostonlarining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan dissertatsiyasi ham e’tiborga loyiqdir. Tadqiqotchi “abror” so‘zining Qur’oni karimdagi talqinlariga e’tiborni qaratib, muqaddas kitobda bu so‘z jannat ahlining sifatlaridan biri, valiysifat zotlarning ta’rifi, basirat ko‘zi ochiq, qalbi imon nuri bilan munavvar zotlarga nisbatan turli shakllarda yigirma marta qo‘llanganini ma’lum qiladi. Abrorlarni valiylar toifasining biri bo‘lib, o‘z nafsining tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib qolmay, dunyoning obodonligi va el-yurt farovonligi uchun ham sa’y-harakat ko‘rsatishlarini alohida ta’kidlab o‘tadi. Dissertant nazarida abrorlar dinni deb dunyodan, dunyoni deb dindan voz kechmaydilar, balki dunyo ashyolarini taqvoni mustahkamlash uchun vosita o‘laroq qo‘llay oladilar. Bu xulosalar Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning abrorlik maslaklariga mos tushadi. Ko‘rinadiki, D.Nazarova ikki dostonni qiyosiy o‘rganishda ulardagi mushtarak jihatlarni imkon qadar mufasssalroq yoritishga intiladi.  

Alisher Navoiy devonlarining hali o‘zi tartib berishga kirishmasdan oldin muxlislari tarafidan kitobat qilinishi uning beqiyos iste’dodiga berilgan muhim bahodir. Tadqiqotchi R.Jabborovning dissertatsiyasida “Oqquyunli muxlslar devoni”ning Alisher Navoiy lirikasi va davr madaniy muhitidagi o‘rni masalasida so‘z yuritiladi. Bu devon ulug‘ shoir ijodiy evolyutsiyasini baholashda qimmatli manba bo‘lishi dissertatsiyada o‘z ifodasini topgan.  

Ixtisoslashgan Ilmiy kengashda himoyasi amalga oshirilgan dissertatsiyalar orasida navoiyshunoslik taraqqiyoti masalasiga ham e’tibor qaratilgani diqqatga sazovor. E.Nasrullayev dissertatsiyasida XX asr o‘zbek navoiyshunosligida ulug‘ shoir shaxsi va dunyoqarashi talqinlari o‘rganilgan bo‘lsa, Z.Quvonov tadqiqotida taniqli navoiyshunos olim, ikki marta Beruniy nomidagi davlat mukofoti sohibi, filologiya fanlari doktori, professor A.Hayitmetovning navoiyshunoslik faoliyatiga ilmiy baho beriladi. Z.Quvonov masala mohiyatini teran his qilgan holda taniqli olimning ilmiy tadqiqotlarini o‘rganishga harakat qilgan. U A.Hayitmetovning Alisher Navoiy ijodini tadqiq etishdagi adabiyotshunos va matnshunos sifatidagi faoliyatining eng nozik qirralarigacha aniqlashga intilgan. Masalaga ob’ektiv baho berishda tarixiylik tamoyillariga tayanib ish ko‘rgani yaqqol sezilib turadi.   Tadqiqotchi M.Hasanova esa XV asr turkiy she’riyatda qasida janri masalasini ilmiy o‘rgangan. U Haydar Xorazmiyning bu boradagi ijodiy faoliyati, Sakkokiy qasidalarining yaratilishi tarixi va o‘ziga xosliklari haqida fikr yuritib,  Alisher Navoiy “Hiloliya” qasidasining badiiy barkamolligi qiyosiy tahlillar asosida ko‘rsatib o‘tadi.  

Alisher Navoiy xususida bir so‘z aytish mas’uliyati naqadar og‘ir ekanligi nuqtai nazaridan masalaga yondashadigan bo‘lsak, ushbu dissertatsiyalarning muhokama va himoyasi jarayonlari ham qizg‘in bahsu munozaralarga sabab bo‘lganini his qilish mumkin. Ta’kidlash lozimki, ulug‘ shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiyalar muayyan bir ijodkor bilan bog‘liqligiga ko‘ra umumiylik kasb etsa-da, ularda qo‘yilgan masalalarning yechim tomon siljishiga ko‘ra dissertatsiyalarning har biri o‘ziga xos bir tadqiqot ekanligi sezilib turadi. Shuningdek, ularda ulug‘ shoir ijodi misolida mutoz adabiyotimizning eng nozik jihatlarini ham o‘rganishga jazm etilganligi sezilib turadi. Dissertantlarning Alisher Navoiy she’riyatini ulug‘ salaflar: Jaloliddin Rumiy, Xoja Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlari yoki ulug‘ shoirning o‘zbek va fors-tojik tilida yozilgan she’rlari bilan qiyosiy o‘rganishda har ikkala tilning nozik jihatlarini har tomonlama chuqur idrok eta olish qobiliyatlarini ham tadqiqotlarda namoyon eta olganliklari ularning muhim yutuqlari sifatida namoyon bo‘lgan.  Navoiyshunoslikning dolzarb masalalarini qamrab olgan ushbu tadqiqotlar soha taraqqiyoti uchun ixtisoslashgan Ilmiy kengashimizning salmoqli hissasi bo‘ldi, deyishimiz mumkin.

Muslihiddin Muhiddinov

professor, filologiya fanlari doktori

Husniddin Eshonqulov

  filologiya fanlari doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy ijodining yangicha ilmiy talqinlari